Uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi davlat buyurtmalari quyidagilardan iborat:
ta’lim oluvchilarni ma’naviy - ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning
samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
о‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distastion ta’lim
tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va о‘zlashtirish;
yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul
tizimidan foydalangan holda talabalarni о‘qitishni jadallashtirish; xalqning boy
ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosda ta’limning
insonparvarlik yо‘nalishini ta’minlash; Uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi ijtimoiy
buyurtmalarga quyidagilarni keltirish mumkin:
milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda
umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va
bо‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
ta’lim berishning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarni huquqiy,
iqtisodiy, ekologik va sanitariya - gigiyenik ta’limi hamda tarbiyasini
takomillashtirish;
о‘kuvchi - yoshlar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish,
ta’lim muassasalarida
mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga kо‘tarish;
pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish
kabilarni olish mumkin.
Mustahkamlash uchun savollar: 1.Ta’lim standarining lug‘aviy ma’nosi nimani bildiradi?
2.Biologiya bо‘yicha umumiy о‘rta ta’lim davlat standartida о‘quvchilar
о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan ta’lim qanday yо‘nalishlarda berilgan?
3.Biologiya о‘quv dasturida metodik tavsiyalar necha banddan iborat?
4.Maktab biologiya kursi qanday о‘quv fanlardan tashkil topgan?