Tizimning ishonchliligi apparat ta'minot ishonchliligi, dasturiy ta'minot ishonchliligi hamda tizim operatorlari ishonchliligiga bog'liq. Tizim dasturiy ta'minoti bu yerda alohida o'rin tutadi. Bu o'z ichiga dasturiy ta'minot nosozligini qoplaydigan talablarni olish bilan birga operator hamda apparat ishonchlilik talablariga bog'liq bo'lib apparatdagi nosozliklar hamda operator xatolarini aniqlashda yordam berishi mumkin.
Tizim ishonchlilik darajasini tavsiflash mumkin, biror vaqt davomida tizim amallari kuzatib turiladi, hamda talab qilingan ishonchlilikka erishilgan bo'lsa bu belgilab qo'yiladi.
Masalan, ishonchlilikka quyidagicha talab qo'yish mumkin: tizim qayta yuklanishiga sabab bo'ladigan tizim nosozligi haftada bir martadan ortiq ro'y bermasin. Aytilgan nosozlik har ro'y berganda siz bundan xabar topasiz hamda belgilab qo'yasiz, shunday qilib talab etilgan ishonchlilikka erishildimi yo yo'qmi bilib olasiz. Agar erishilmagan bo'lsa ishonchlilik talablarini qayta ko'rib chiqasiz yoki tizimdagi muammolarni tuzatishga kirishasiz.
Siz past darajadagi ishonchlilikka ham rozi bo'laverishingiz mumkin, chunki ishonchlilikni oshirish uchun tizimga kiritiladigan o'zgartirishlar juda qimmatga tushishi mumkin.
Ishonchlilik talablari ikkiga bo'linadi:
Nofunksional talablar. Bular tizim normal ishlab turganida yoki tizim ishga tayyor bo'lmaganida qabul qilinishi mumkin bo'lgan nosozliklar sonini aniqlaydi.
Funksional talablar. Bular tizim va dasturiy ta'minotning dasturiy ta'minot nuqsonlarini chetlatish, aniqlash va ularga bardosh berish funksiyalarini aniqlaydi va bu nuqsonlar tizim nosozligiga olib kelmasligini ta'minlaydi.
Ishonchlilik talablari shunga bogliq bo'lgan funksional tizim talablariga yo'l ochadi. Biror darajadagi ishonchlilikka erishish uchun bu tizimning funksional hamda loyihaviy talablari aniqlanadigan xatoliklarni hamda ular tizim nosozligiga olib kelmasligini ta'minlash uchun ko'riladigan choralarni tavsiflamog'i lozim.
Umuman olganda tizim ishonchliligini o'sha tizim biror operatsion muhitda ishlatilganida tizim nosozligi ro'y berishi ehtimoli bilan tavsiflash mumkin. Maslan 1000 ta ixtiyoriy xizmatdan bittadida nosozlik ro'y bersa unda nosozlik ehtimolligi 0.001 bo'ladi. Albatta bu har 1000 ta amalda, aniq bitta nosozlik uchraydi degani emas. Bu agar siz 1000 * N ta amalni kuzatsangiz shunda nosozliklar soni N atrofida bo'ladi degan ma'noni anglatadi. Ishonchlilikni tavsiflash uchun ikkita asosiy miqdordan va bunga qo'shimcha ravishda ishonchlilikka bo'gliq bo'lga xususiyat tayyorlikni tavsiflash uchun yana bitta miqdordan foydalaniladi:
1.Talab qilingan nosozlik ehtimolligi - Probability of failure on demand (POFOD). Agar siz bu miqdorni qo'llasangiz, unda tizim tomnidan biror xizmat uchun belgilangan tizim nosozligi ehtimolligini natija sifatida olasiz. Shunday qilib POFOD = 0.001 ifoda talab bajarilganida nosozlik ro'y berishi imkoniyati 1/1000 ga bo'lishini ko'rsatadi.
2. Nosozliklar sodir bo'lish darajasi - Rate of occurrence of failures (ROCOF) . Bu biror vaqt davomida yoki biror sondagi amallar bajarilish jarayonini kuzatish davomida qayd etilgan nosozliklar soni bilan belgilanadi. Masalan bir soatda ikkita nosozlik yuz bersa unda nosozlik yuz berish oralig'i yarim soat bo'ladi.
3.Tayyorlil -Availability(AVAIL). Tizimning tayyorligi so'rovlar jo'natilganida xizmatlarni yetkazib berishida aks etadi. Masalan AVAIL = 0.9999 bu tizim har vaqt amallarni bajarishga 99.99% tayyor degani.