Davlat hokimiyatining xalq manfaatlarini ko‘zlab o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi konstitutsiyada qat’iy bеlgilangan, davlat hokimiyati zimmasiga qo‘yilgan bosh vazifadir.
Davlat hokimiyatining faoliyati xalq hokimiyatini amalga oshirishning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston suverenitetining huquqiy asosi – Asosiy qonuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘lib, ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq XI sessiyasida, 1992- yil 8- dekabrda qabul qilingan.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasi suveren O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotining muhim tomonlarini konstitutsiyaviy jihatdan tartibga solishning umumiy prinsiplarini mustahkamladi, davlat boshqaruvining mohiyatini belgilab berdi.
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
O’zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan rеspublika Oliy Majlisi va Prеzidеnti ish olib borishi mumkin.
Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Konstitutsiya konstitutsiyaviy tuzumning asosiy shartlaridan biri bo‘lmish xalq hokimiyatchiligini mustahkamlab beradi.
Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati oliy organlarining tuzilishi, hokimiyatlarning bo‘linish prinsipi asoslab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.