ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00192 Academic Research, Uzbekistan 260 www.ares.uz bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday ochiqlikni ko‗pchilik tasavvur ham qila
olmasdi.
Ammo davlat organlari va OAV o‗rtasida hamkorlik qanday yo‗lga qo‗yilgani
haqidagi savolga javob yo‗q. To‗g‗risini aytish kerak, ba‘zi rahbarlar matbuot bilan
ishlashni ikkinchi va hatto beshinchi darajali ish deb qaramoqda. Ba‘zi tashkilotlar
Axborot xizmati vakillariga yetarli sharoit yaratib bermagan. Shu kungacha 20 ga
yaqin davlat va xo‗jalik boshqaruv organlarida, 150 dan ortiq tuman, shahar va
viloyat hokimliklarida Axborot xizmatlari tashkil qilinmagan. Boriga ham yana
boshqa ishlar topshirib qo‗yilganki, u o‗z ishi bilan shug‗ullanishga ulgurmaydi
ham…‖ deya Aripovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri‖[2].
Bunday tanqidiy-tahliliy fikrlarga yana bir misol tariqasida
www.uza.uz
saytida
berilgan ―Saida Mirziyoyeva: ―Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish
lozim!‖ sarlavhali xabarda yanada teranroq va tahliliy fikrlar bayon etilgan. Berilgan
xabarga ko‘ra ―Hyatt Regency Tashkent‖ mehmonxonasida ―OAV sohasida milliy
qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari‖ mavzusida respublika
konferensiyasi o‘tkazilgan. Konferensiyada agentlik direktor o‘rinbosari Saida
Mirziyoyeva ham o‘z ma‘ruzasi bilan ishtirok etgan. Ma‘ruzada ta‘kidlanishicha,
o‘tkazilgan tahlillar va o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sohada eng asosiy
muammo, bugungi kunda yagona davlat axborot siyosati to‘g‘risidagi konseptual
hujjatning mavjud emasligidir. Hozirda esa ushbu hujjat tayyorlanmoqda.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva o‗z nutqida davlat va xo‗jalik tashkilotlari Axborot
xizmatlari faoliyatidagi mavjud kamchiliklar xususida alohida to‗xtaldi. Sohada ish
hajmining ko‗p, zamonaviy talablarga javob bera olmayapti. Mavjud sharoitlarning
yetarli darajada emasligi sabab axborot xizmatlari faoliyati qoniqarsiz ahvolda qolib
ketmoqda. O‗ndan ortiq respublika darajasidagi tashkilotlar, ko‗pgina tuman va
shahar hokimliklarida haligacha axborot xizmati faoliyati tashkilotlari etilmagan.
Ko‗plab davlat va xo‗jalik tashkilotlari veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy
sahifalarida axborotlar yetarli darajada emasligini ham tanqid qilindi.
– Ularning veb-saytlariga kiruvchilarning umumiy soni 400 ming, Facebook ijtimoiy
tarmog‗idagi rasmiy sahifalariga murojaat qiluvchilar soni 150 ming, Telegram
tarmog‗ida a‘zolar 300 ming nafardan oshmaydi,– dedi Saida Mirziyoyeva.–
O‗zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan ortiq ekanini hisobga
olsak, yuqoridagi ko‗rsatkichlardan o‗zingiz xulosa olishingiz mumkin.
Saida Mirziyoyeva shu va boshqa bir qator kamchiliklarni sanab o‗tar ekan, «Axborot
xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim», deya qat‘iy ta‘kidladi‖[3].