ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00192 Academic Research, Uzbekistan 261 www.ares.uz Mamlakatimizda Axborot xizmatlari tizimini takomillashtirish borasida muhim
qadamlar qo‗yildi. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15
fevral kuni e‘lon qilingan ―O‗zbekiston Respublikasi davlat va xo‗jalik boshqaruvi
organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi 125-sonli qarori sohani yanada rivojlantirish uchun huquqiy asos bo‗lib
xizmat qiladi.
Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va
bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni ta‘minlovchi
tizimlar esa – barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda. Ushbu
sharoitlarda O‗zbekistonda demokratik huquqiy davlatni va ochiq adolatli fuqarolik
jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishini
ta‘minlashdek strategik maqsadga erishish, davlat boshqaruvining sifati davlatning
axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan modeliga o‗tishini ta‘minlaydigan
axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan
belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat va xo‗jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va
shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot
olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va
mas‘uliyatini ta‘minlash zarur. Bu davlat va xo‗jalik boshqaruvi apparatining
samarali faoliyat yuritishi hamda jamiyatda adolatni qaror toptirishning muhim sharti
hisoblanadi. Bunda jamiyatni davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlarining faoliyatidan
keng xabardor qilish, ularning aholi oldidagi hisobdorligini ta‘minlash «Xalq davlat
hokimiyatining birdan-bir manbaidir» degan konstitutsiyaviy normani amalga
oshirishning, «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat
qilishi kerak» degan ezgu g‗oyani ro‗yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirishda OAV alohida o‗rin tutadi. Chunki aynan OAV
globallashuv sharoitida yurtimizda kechayotgan eng muhim voqealar, amalga
oshirilayotgan yangilanishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng
yoritish orqali davlat va jamiyat o‗rtasida o‗ziga xos ko‗prik vazifasini bajarmoqda.
Mazkur qonun axborotdan foydalanish erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari
mansabdor
shaxslarining
jurnalistga
zarur
axborotni,
qonunda
belgilanganidek, 7 kunlik muddatda taqdim etish majburiyatini ta‘minlash orqali
ushbu kafolatlarni yanada mustahkamlaydi. Bu axborot olishdagi ba‘zi paysalga
solish holatlarini bartaraf qiladi, shuningdek, jurnalist materialining tezkorligini,
ishonchliligini hamda sifatli bo‗lishini ta‘minlaydi.