ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00192 Academic Research, Uzbekistan 259 www.ares.uz tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida, Qoraqalpog‗iston davlat
universiteti Jurnalistika bo‗limida ―Axborot xizmatlari‖ fani o‗qitilmoqda. Mazkur
oliy ta‘lim muassasalariga 2019-2020 o‗quv yilidan e‘tiboran Axborot xizmatlari
yo‗nalishida ham abituriyentlar qabul qilina boshlagani, shu sohada kadrlar
tayyorlashga ixtisoslashtirilgan fakultetlar tashkil etilayotgani muhim voqelikdir.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevral kuni qabul qilingan
―Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi farmonida ―Davlat organlari, xo‗jalik
boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o‗zaro hamkorligi yetarli darajada
yo‗lga qo‗yilmagan‖i qayd etilib, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini
ta‘minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq,
ommaviy o‗zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning
Axborot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo‗yicha bo‗linmalari) faoliyatini
muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta‘minlash orqali ko‗maklashish vazifasi ham
yuklatildi. Bu vazifalar to‗la-to‗kis bajarilishi uchun avvalo har bir vazirlik, idora,
muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas‘uldirlar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Hayot ko‗zgusi hisoblanmish matbuot ―to‗rtinchi hokimiyat‖ darajasiga
ko‗tarilmog‗i lozimligi ko‗p bora ta‘kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan
vazifalar juda ko‗p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt mafkuraviy
va ma‘muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi,
avvalo psixologik jihatdan o‗zini erkin his etishi qiyin kechmoqda. Shu sababli ular
o‗zi uchun yangi bo‗lgan hozirgi vaziyatda ba‘zan hali ham nima qilish yoki nima
qilmaslik haqida yuqoridan ko‗rsatma kutib o‗tirgandek ko‗rinishi to‗g‗ri tanqid
qilinmoqda. Shu o‘rinda ba‘zi tanqidiy-tahliliy fikrlarga e‘tibor qaratsak.
www.kun.uz
saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon etilgan:
―O‗zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV bo‗yicha selektor
o‗tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa tashkilotlarda
OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi. «Bugungi kunda OAV
mamlakatda sodir bo‗layotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda.
Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko‗paydi.
Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol o‗ynamoqda. Tan olish kerak,