ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00192 Academic Research, Uzbekistan 263 www.ares.uz navbatida jamiyatda zamonaviy boshqaruvni yanada takomillashtirishga xizmat
qilishi shubhasiz.
XULOSA Bugungi kunda OAV ni davlatimiz rahbari shaxsan o‘zi qo‘llab-
quvvatlamoqda. 2020-yil 27-iyun kuni nishonlanadigan Matbuot va ommaviy axborot
vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrigi davlat rahbari matbuot xizmati
tomonidan e‘lon qilindi.[5]
―Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
keng ko‗lamli o‗zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib,
joylardagi
ijtimoiy
muammolar,
xato
va kamchiliklarga
davlat
idoralari
va jamoatchilik e‘tiborini qaratmoqda‖, — deya qayd etildi tabriknomada. Shavkat
Mirziyeyov bo‗lg‗usi jurnalistlar chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tili bilan birga
chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari,
notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e‘tibor qaratishi kerakligini bildirdi.
Xabarda aytilishicha, agar yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ―xalqimizning
boy ma‘naviy merosiga tayansak‖, bu ish yanada samaraliroq bo‗ladi. Jadidlar
merosi, shu jumladan bu yil 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug‗
alloma va publitsist Mahmudxo‗ja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi ayniqsa
muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunga kelib O‗zbekistonda ko‗pchilikning e'tiborini o‗ziga jalb qiluvchi
muammoning yoki voqeaning xabari matbuotda chiqqanidan so‗ng omma ichida
qanday ijtimoiy rezonans yaratganini talqin qilish jarayoni jurnalistlarimizdan ulkan
kasbiy mahorat talab qiladigan eng muhim ishlardan biri bo‗la boshladi.
O‗zbekistonlik jurnalistlar tomonidan mustaqil jurnalistik tadqiqotlar olib borilib,
jamiyatimizdagi mavjud muammolarning tafsiloti mutasaddilar oldiga ko‗ndalang
qo‗yish ishlari qanday amalga oshirilishini ommaga yoritish evaziga aholi orasida
huquqiy savodxonlik rivojlanishi turgan gap. Natijada jamiyatimizdagi vaziyat
hozirgidan mutlaqo boshqacha ijobiy tus olishi aniq.
REFERENCES 1. Mirziyoyev Sh.M. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga.
www.uza.uz
2017 yil 27-iyun.
2. ―Tandiq bor, munosabat yo‘q. Demak hammasi to‘g‘ri ekan-da?‖- Abdulla Aripov
selektorda tashkilotlar tanqidlarga sukut saqlashi haqida gapirdi.
www.kun.uz