Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
57
TURKISTON MUXTORIYATINING O‘RGANILISH TARIXI
Azimova Yulduz Djura qizi
O‘zMU Tarix fakulteti Toshkent O‘zbekiston
“Arxivshunoslik va manbaashunoslik” kafedrasi
I bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7271059
Annotatsiya: Ushbu maqolada Turkiston Muxtoriyati tarixini o‘rgangan olimlar
tarixshunoslarning yozgan asarlari va ularning mazmuni qisqacha bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: Turkiston Muxtoriyati, hukumat,
I qurultoy, IV qurutoy, “Ulug‘
Turkiston” gazetasi, G.K.Safarov, Ra’no
Rajabova, Ravshan Abdullayev, Marat
Hasanov, Saidakbar A’zamxodjayev
Hozirgi kunda kam inson bu mavzuga qo‘l urgan bo‘lsa kerak deb, shu mavzuni
o‘zim uchun magistrlik dissertatsiyam mavzusi qilgan edim. Vaholanki, son sanoqsiz
insonlar: tarixshunos olimlar, manbashunoslar, sharqshunoslar
va pedagoglarga ham
bu mavzu qiziq ekan. Bunga sabab O‘zbekiston Respublikasining tom ma’noda
birinchi mustaqillikka erishgan davri bo‘lgan. Garchi bu muvaqqat hukumat bor
yo‘g‘i 72 kun yashagan bo‘lsada, ko‘pgina ziyoli xalqparvar ilm ahli bu mustaqillik
uchun jon berganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
1917 yildagi fevral inqilobi Turkiston hayotiga kata o‘zgarishlar olib kirdi.
Inqilobdan keyin Turkiston o‘lkasida mustaqillik va ozodlik yo‘lida
faoliyat olib
boruvchi ko‘pgina siyosiy tashkilotlar, partiyalar, vujudga keldi. Taraqqiyparvar
ziyolilar Turkistonga federatsiya asosida muxtoriyat berilishi
borasidagi talablari
bilan chiqa boshladilar.
Davlatchilik qurilishi masalasiga yondashish, Turkistonning to‘la muxtoriyat
olish g‘oyasini ilgari surish milliy gazeta sahifalarida 1917
yil aprel oyidan boshlab
ko‘zga tashlanadi[
14
]. Chunki 1917 yil aprelda bo‘lib o‘tgan Turkiston musulmonlari
I qurultoyining tub maqsadi ham mamlakatni qanday idora qilish hamda milliy
hukumat tuzishga hozirlik ko‘rish bo‘lgan.
“Millatlarning o‘z taqdirlarini o‘zi belgilash to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi”ga
asoslangan holda 1917 yil 27 noyabr sanasida o‘lka musulmonlarining favqulotda IV
qurultoyida o‘lkadagi dastlabki milliy demokratik davlat – Turkiston Muxtoriyati
tashkil etildi.
Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi aʼzolaridan
Turkiston muxtoriyati
hukumati (8 kishidan iborat) tuzildi. Yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar
14
S.Madyarova Turkiston Muxtoriyati tarixshunosligi (1917-2008yy) T.F.N. darajasini olish dissertatsiyasi Toshkent -
2010 yil.