Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 59
ko‘rsatganlar…” Gazetadagi ushbu maqola “Xo‘qand hozir o‘liklar shahri” degan
dahshatli ibora bilan tugaydi.
1918 yil 22-fevral kuni Qo‘qon shahrida Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar
tomonidan tayyorlangan “Tinchlik shartnomasi” imzolandi. Ushbu shartnomaning 2-
moddasida: “Aholi o‘lka Xalq Komissarlari Soveti hokimiyati va barcha mahalliy
sovet tashkilotlСarini tan oladi”, deb yozilgan edi.
Bu muvaqqat hukumat davrini o‘rganilishi G.K.Safarovning “Колониальная
революция”[
17
] asari bilan boshlandi. Bu asarning yozilishiga asos Turkistondagi
milliy-ozodlik va inqilobiy harakatlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir dialektikasini siyosiy
tushunish zarurati bo‘ldi.
O‘zbekistonda tarixchi olimlardan Ra’no Rajabova, Ravshan Abdullayev, Marat
Hasanov Turkiston Muxtoriyati hamda 1917 yili Turkistondagi milliy siyosiy
partiyalar faoliyati haqida hali sovet davrida – XX asr 80-yillarida dastlabki
maqolalarni e’lon qildi. Xususan professor 2006 yilda nashdan chiqqan Saidakbar
A’zamxodjayevning doktorlik dissertatsiyasining monografiyasi aynan Turkiston
Muxtoriyatining milliy ozodlik kurashidagi harakatlari yorqin aks ettirilgan manbaa
sifatida ko‘rishimiz mumkin.
2010 yilda Salima Madyarovaning “Turkiston Muxtoriyatining tarixshunosligi
(1917-2008)” himoya qilingan nomzodlik dissertatsiyasida o‘sh paytgacha bo‘lgan
izlanishlarni qamrab oldi.
2021 yilda Qahramon Rajabov tomonidan ishlangan “Turkiston Muxtoriyati
vazirlari hamda majlis a’zolari hayoti va taqdiri” kitobida o‘sha davrning yirik
namoyondalaridan tortib oddiy qurultoy a’zolariga qadar insonlarining taqdiri ilmiy
jihatdan asoslangan holda yoritib berilgan.
Sovet davri tadqiqotlarining tarixshunoslik tahlili asosida shunday xulosaga
kelish mumkinki, Turkiston muxtoriyatining bu davrdagi tarixi har tomonlama, xolis
yoritilmagan. O‘sha vaqtda Turkistondagi siyosiy vaziyat va aholining bunga
qarashlari to‘liq o‘rganilmagan.
Bu Muvaqqat hukumat davri nafaqat bizning davlatimizda balki, boshqa qo‘shni
davlatlar orasida ham o‘rganilib kelinmoqda. Ularning qay tarzda mustaqil
demokratik davlatga erishilgana olgani, bu hukumatning inqiroziga asl sabab
nimalarda ekanligi ularning a’zolari hayoti keyinchalik qanday bo‘lgani har bir
tarixchi uchun qiziq bo‘lsa kerak.