Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 58
koʻrsatilishi
uchun
ularga
ham
yana
4
oʻrin
ajratildi.
Hukumat
tarkibiga Muhammadjon Tinishboyev (Bosh vazir va ichki ishlar vaziri), Islom
Shoahmedov (Bosh
vazir
oʻrinbosari), Mustafo
Choʻqay (tashqi
ishlar
vaziri), Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev (harbiy vazir), Hidoyatbek Agayev (yer va
suv
boyliklari
vaziri), Obidjon
Mahmudov (oziq-ovqat
vaziri), Abdurahmon
Oʻrazayev (ichki ishlar vazirining oʻrinbosari), Solomon Gersfeld (moliya vaziri)
kiritildi. Keyinchalik hukumat tarkibida ayrim oʻzgarishlar yuz berdi. M.
Tinishboyev Alash oʻrda Muxtoriyati faoliyatida qatnashish uchun Orenburgga
joʻnab ketgach (1917-yil), Mustafo Choʻqay Bosh vazir lavozimini bajarishga
kirishdi. Shoahmedov moliya vaziri (S. Gersfeld oʻrniga), Potelyaxov oziq-ovqat
vaziri (O. Mahmudov oʻrniga), O. Mahmudov adliya vaziri, Nosirxon Toʻra maorif
vaziri, Saidnosir Mirjalilov hukumat xazinachisi lavozimlarini egallashdi. Savodsiz
bolshevik komissarlardan farqli ravishda hukumat aʼzolari chuqur maʼlumotli
taraqqiyparvar ziyolilar boʻlib, ulardan 5 nafari huquqshunos edi. Turkiston Millat
Majlisi 54 nafar (36 musulmon, 18 yevropalik) aʼzodan iborat boʻlishi kerakligi
belgilandi. Qurultoy jarayonida 32 kishidan iborat Millat Majlisi saylandi[
15
].
Milliy majlis a’zolariga yuqoridagi insonlardan tashqari quyidagi insonlar kirdi:
Ubaydulla Xodjayev, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, Sadriddin Sharifxodjayev,
Kungirxodja Xodjinov, Ismatulla Ubaydullin, Said Ja’farboy Saidov, Islom
Shoaxmedov, Abdurahmonbek Urazayev, Xidoyatbek Yurali Agayev, Nosirxonto‘ra
Komolxonto‘rayev, Mirodil Mirzaahmedov, Toshxodja Ashurxodjayev, Abdulqodir
Qushbegiyev,
Obidjon
Mahmudov,
Jamshidbek
Qorabekov,
Abdusamad
Abdusalimov, Abdulla Dersalin, Musa Akchirin, Mustafo Mansurov, Mahmudxo‘ja
Behbudiy, Ibragim Davletshin, Muhammadjon Tinishboyev, Xalil Shirinskiy,
Tolibjon Musaboyev, Olimxonto‘ra Shokirxonto‘rayev, Sobirjon Yusupov, Odiljon
Umarov va boshqalar[
16
].
“Ulug‘ Turkiston” gazetasining yozilishicha, 1917 yil dekabr oyida Toshkentda
60000 kishi ishtirok etgan miting o‘tkazildi. Munavvarqori rahbarligida uyushtirilgan
bu miting qatnashchilari Turkiston Muxtoriyati hukumatini bir ovozda ma’qulladilar
va Turkistonda endi uchbu muvaqqat hukumatidan boshqa hech qanday hukumatni
tan olmaslikka qaror qilganliklarini e’lon qildilar.
Lekin muvaqqat hukumatning faoliyati uzoqqa yetmadi. 1918 yil 30 yanvardan
boshlab Turkiston Muxtoriyatiga qarshi harbiy harakatlar boshlandi. Shu kundan
boshlab o‘lkada ommaviy qirg‘inlar boshlandi.
“Ulug‘ Turkiston” gazetasi chuqur qayg‘u bilan xabar berganidek, “20 fevral
Xo‘qand(Qo‘qon) tarixining eng dahshatli kuni bo‘ldi. Armanilar ayricha faoliyat
15
O'zbekiston tarixi 10-sinf darsligidan Toshkent-2017yil
16
С.Агзамходжаев. История Туркестанской автономии. Ташкент- 2006 г -194стр