O‘zbekiston respublikasida siyosiy partiyalar faoliyatini rivojlantirishning ba’zi masalalari


partiyalar, jumladan muxolif partiyalar uchun ham siyosiy raqobat maydonidir”



Yüklə 66,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix24.12.2023
ölçüsü66,96 Kb.
#192374
1   2   3   4   5   6
o-zbekiston-respublikasida-siyosiy-partiyalar-faoliyatini-rivojlantirishning-ba-zi-masalalari


partiyalar, jumladan muxolif partiyalar uchun ham siyosiy raqobat maydonidir”. 
Partiyalar faoliyatini harakatga keltiruvchi kuchlar – bu xalq va turli 
guruhlarning maqsad va manfaatlari, qadriyatlari, orzu-istaklari va g„oyalaridir. Partiya 
o„z faoliyati orqali a‟zolarining manfaat va ehtiyojlarini davlat boshqaruvi organlariga 
yetkazib turadi. 
Ko„p partiyaviylik, avvalo, jamiyatimizda o„z manfaat va qarashlariga ega 
bo„lgan har qaysi ijtimoiy qatlam va guruhning maqsad va intilishlarini to„liq aks 
ettirish uchun kerak. Chunki hayot bor ekan, inson bor ekan, har qaysi toifa o„zining 
mafaatlarini qandaydir yo„llar bilan amalga oshirishga harakat qiladi, bu hayotni 
qanday tashkil qilish lozim, inson, oila qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi 
mumkin, degan masalalar atrofida fikr yuritadi, kerak bo„lsa, qonuniy yo„llar bilan o„z 
maqsadlariga erishishga intiladi. 
Jamiyatimizning turli sohalarida islohotlar natijasida erishilgan marralar va 
yutuqlarni e‟tirof etgan holda, jamiyatni yanada demokratlashtirish, boshqaruvni 
takomillashtirish masalalarida ba‟zi muhim masalalarning ahvoli va rivojlanish 
sur‟atlarini mamlakatimiz oldida turgan ulug‟vor vazifalaridan 
kelib chiqadigan talablar darajasiga ko‟tarish masalasi dolzarb 
bo‟lmoqda. Bu avvalo jamiyat rivojida va uni boshqarishda 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 9 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
201
 
September, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
siyosiy partiyalarning rolini jiddiy ko‟tarish masalasidir. Bu yo‟nalishda qo‟yilgan 
yana bir muhim qadam O‟zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan parlamentimiz 
tomonidan qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va demokratlashtirish 
hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish 
to‟g‟risida”gi O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonundir. Bu qonunni 
qabul qilishdan asosiy maqsad siyosiy partiyalar fraksiyalarining davlat va jamiyat 
qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini kuchaytirish, ularning funksiyalarini 
bajarishda samaradorlikni oshirish, jamiyat siyosiy hayotida fraksiyalar faoliyatini 
ta‟minlash, aholi manfaatlarini bevosita fraksiyalar orqali qonunchilik darajasiga 
ko‟tarish va hal qilish, partiya yo‟nalishi va dasturini parlament va mahalliy 
kengashlarda mustahkamlash va barqarorlashtirish imkoniyatini shakllantirishdan 
iborat. 
Bizga ma‟lumki, yangi qonun loyihalarini tayyorlash tashabbusi deputatlarning 
to„g„ridan-to„g„ri birlamchi vazifalaridan biridir. Zamon talablari, jamiyatimiz shart-
sharoitlari, aholimiz tub ehtiyojlarining mazmunidan kelib chiqqan qonun loyihalari 
borasida tashabbuslar siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillari tomonidan muntazam 
ravishda ilgari surilishi zarur. 
XULOSA 
Xulosa o„rnida shuni aytish kerakki, O„zbekistonda siyosiy tizimi zamonaviy 
siyosiy munosabatlar shart-sharoitlari va omillariga moslashish hamda uyg‟unlashish 
sifatlariga ega bo‟lib bormoqda. Siyosiy partiyalarning islohatlar jarayonidagi 
jamiyatni yangilash va modernizasiya qilish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini 
oshirishdagi roli va ahamiyati kuchaytirish, ijro hokimiyati ustidan jamoatchilik, 
saylab qo‟yiladigan hamda vakolatli organlar nazoratini kuchaytirish, taraqqiy topgan 
demokratik davlatlar tajribasi asosida yurtimizda haqiqiy ko„ppartiyaviylik muhitini 
qaror toptirishga qaratilgan hayotiy zarur huquqiy qoidalar o„z aksini topdi. 
Bularning barchasi siyosiy partiyalarning keng ko„lamda ijtimoiy-siyosiy faoliyat 
yuritishini ta‟minlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilishiga va ularning 
jamiyatimizdagi o„rni va nufuzi va mavqeini, vakolatlarini yanada kengaytirishga 
xizmat qiladi. 

Yüklə 66,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin