O‘zbekiston respublikasida siyosiy partiyalar faoliyatini rivojlantirishning ba’zi masalalari



Yüklə 66,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü66,96 Kb.
#192374
  1   2   3   4   5   6
o-zbekiston-respublikasida-siyosiy-partiyalar-faoliyatini-rivojlantirishning-ba-zi-masalalari



Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 9 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
197
 
September, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SIYOSIY PARTIYALAR 
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING BA’ZI MASALALARI
 
Tuxtasin Xudаyberganovich Tashmetov 
Chirchiq davlat pedagogika universiteti v.b. dosenti falsafa fanlari bo„yicha falsafa 
doktori
(PhD) 
toshmetovtuxtasin@gmail.com
 
 
ANNOTATSIYA 
Siyosiy partiyalar jamiyatni harakatga keltiruvchi asosiy siyosiy kuch 
hisoblanadi. Zero, parlamentarizmning rivojlanib borishi siyosiy partiyalar o„rtasida 
sog„lom siyosiy raqobatni vujudga keltiradi. Bu esa jamiyatimizda saylov erkinligi, 
so„z erkinligi, ovozlarni halolik bilan sanash, ijtimoiy fikrdan bahramand bo„lish, 
ijtimoiy manfaatlar integratsiyasi hamda erkin, demokratik saylovlarda siyosiy kuchlar 
raqobati kabi qat‟iy tizimlarning shakllanishiga zamin yaratadi. 
Kalit so‘zlari: 
Davlat, jamiyat, Vatan, siyosat, normativ, partiya, dastur, 
saylov, g„oya, parlament, millat, demokratiya, mafkura, prinsp, konstitutsiya, huquq, 
plyuralizm, madaniyat, mafkura, fuqaro, islohot, jamoatchilik nazorati, tamoyil, 
targ„ibot, muxolifat, 
 
KIRISH 
Insoniyat siyosiy ongining davr bilan hamnafas rivojlanib borishi siyosiy 
jarayonlar, siyosiy tizim va uning tarkibiy qismlarini takomillashtirishga ham o‟z 
ta‟sirini ko‟rsatmoqda. “Zamonaviy fuqarolik jamiyatining bardavom faoliyati bir 
necha, serqirra jamoat tashkilotlari bilan uzviy aloqani talab etadi, ularning eng 
asosiysi siyosiy partiyalardir”. Siyosiy partiyalar jamiyat tizimining asosiy 
elementlaridan biri hisoblanadi. Binobarin jamiyat siyosiy tizimi doimiy harakatdagi 
ijtimoiy hodisadir. Shu boisdan mashhur ingiliz siyosiy arbobi Genri Sent Jon 
Bolingbrok siyosiy partiyani demokratik institut sifatida e‟tirof etib, “partiya 
millatning ovozi” ekanini qayt etadi.
Siyosiy partiyalar saylovoldi dasturlarida ta‟lim tizimiga, yoshlar masalasiga 
alohida e‟tibor qaratilmoqda. Quvonarli jihati shundaki, bugungi kunda yoshlarimiz 
barcha jabhalarida bo„lgani kabi siyosiy partiyalar faoliyatida ham alohida o„ringa 
ega bo‟lib borishmoqda. Har bir siyosiy partiyada yoshlar qanoti faoliyat olib 
borayotganligi buning yaqqol tasdig‟idir.



Yüklə 66,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin