O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetida soliqlarning hissasi (foizda)
T/r
Ko`rsatkichlar
Y i l l a r
2005
2006
2007
2008
2009
2010
1.
Davlat byudjeti daromadlari-jami
100
100
100
100
100
100
2.
Shu jumladan:
3
Soliq tushumlari
91,4
95,3
95,7
96,9
93,3
92,2
4
Ulardan bevosita soliqlar
36,8
37,5
39,7
49,5
46,3
44,8
5
bilvosita soliqlar
54,6
57,8
56,0
46,4
47,0
47,4
6
Boshqa tushumlar
8,6
4,7
4,3
3,1
6,7
7,8
Soliqlar davlat byudjetini to`ldirishdan tashqari
Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda ham muhim rol o`ynaydi. Qadim zamonlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va jarayonlarni tartibga solishda soliqlardan foydalanib kelingan, hatto davlatchilikning shakllanishida ham soliqlar ma’lum rol o`ynagan. Chunki davlatchilikning shakllanishi mukammal, barqaror bo`lmagan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tayangan. Shuning uchun davlat paydo bo`lishining dastlabki bosqichlarida moliyaviy va iqtisodiy munosabatlarni jonlantirishda davlat hukmdorlari har xil soliq to`lovlaridan foydalanib, o`z oldilariga turgan muammolarni yechishga harakat qilishgan.
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo'yicha tegishli byudjetlar o'rtasida taqsimlanadi. O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 7 moddasiga muvofiq mahalliy soliqlar va yigimlarga quyidagilar kiradi:
1) mol-mulk soligi; 2) yer soligi; 3) infratuzilmani rivojlantirish soligi; 4) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizelь yoqilgisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; 5) savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigim, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigimlari; 6) yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi jismoniy shaxslarni ro'yxatga olganlik uchun yigim.
Davlat soliqlarning ayrim turlarini bekor qilish, yangilarini joriy etish, soliq stavkalari va imtiyozlarini, soliq solish shart-sharoitlarini o`zgartirish orqali muayyan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish, jamiyat uchun dolzarb muammolarni hal etishga imkoniyatlar yaratadi. Masalan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermer xo`jaliklarini rivojlanishini qo`llab-quvvatlash, mahalliy xom ashyodan iste’mol tovarlari va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni rag`batlantirish uchun bir qancha soliq imtiyozlari berilgan. Asosiy vositalarga jadallashtirilgan amortizatsiyani qo`llash foydaning bir qismini qayta jihozlash va ta’mirlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga yo`naltirib, ular bilan bog`liq xarajatlarni soliqqa tortiladigan bazadan chegirib tashlash orqali ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va iqtisodiy taraqqiyotga katta ta’sir etib kelinmoqda.