O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan isl
2-masala 1997-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ularda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi:
• ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterdaekanligi;
• ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
• umumiy-o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashningixtiyoriyligi;
• ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
• davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hammauchun ochiqligi;
• ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilganyondashuv;
• bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
• ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgi-landi:
• maktabgacha ta’lim;
• umumiy o‘rta ta’lim;
• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
• oliy ta’lim;
• oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
• maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yo’qsak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy modelini yaratishdan iboratdir.
Milliy dasturni yaratishda hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta’lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan:
Birinchi bosqich(1997–2001-yy.)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi;
Ikkinchi bosqich(2001–2005-yy.)da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi;
Uchinchi bosqich(2005- va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlanliriladi.
O‘zbekiston hukumati ta’limni rivojlantirish uchun katta mablag‘ ajratmoqda. Birgina 2001-yilda ta’lim xarajatlari davlat budjeti sarf-xarajatlarining 36 foizini tashkil etdi. Ta’lim uchun 150 mln AQSH dollaridan ziyod chet el investitsiyasi sarflandi. Ular yangi ta’lim binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. Keyingi yillarda 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Umumta’lim maktablari uchun davlat ta’lim standartlari, ularga asoslangan o‘quv dasturlari, darsliklar yaratilib, ta’lim jarayoniga joriy etildi. 2002/2003 o‘quv yiliga kelib umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, ya'ni 1–9-sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borilmoqda. Hukumat o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Ta’lim mazmun va mohiyat jihatidan yangilandi. Har yili 600 ming nafardan ziyod birinchi sinf o‘quvchilari Prezident sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul ta’minlanadi.
2004-yil 19-fevraldagi Prezident farmoni va 2004-yil 9-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqildi. Dasturga binoan 2004–2009-yillarda buziladigan umumta’lim maktablari o‘rniga yangi maktablar qurish, maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash tadbirlari ishlab chiqildi. Shuningdek, dasturda umumta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularning mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish tadbirlari aniq belgilab berildi.
2000/2001 o‘quv yilida respublikamizda 9661 umumta’lim maktablarida 45 mingga yaqin o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi, 6 millionga yaqin o‘quvchi ta’lim-tarbiya oldi, ulardan 552084 nafari 9-sinfni, 375853 nafari 11-sinfni tugatdi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O‘zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. 1998–2004-yillarda 54 ta akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi. Kollej va litseylar uchun o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, tajriba-sinovdan o‘tkazildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi, asosiy darsliklar yaratildi. 2000/2001 o‘quv yilida kollej va litseylarni 4890 nafar ilk “qaldirg‘och”lar tugatdilar. “Ustoz”jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan litsey va kollejlarning 700 o‘qituvchisi chet ellardagi nufuzli universitetlarda o‘z malakasini oshirib keldi.
Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 1999-yilda Toshkent Islom universiteti tashkil etildi. 2001/2002 o‘quv yi-lida 62 ta oliy o‘quv yurtida 180 mingdan ortiq bo‘lajak bakalavrlar va 5 mingdan ortiq magistrantlar ta’lim-tarbiya oldilar. 18486 nafar professor-o‘qituvchilar mehnat qildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. 1998–2001-yillarda 131 ta bakalavriat yo‘nalishi, 664 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun qo‘yiladigan talablarni o‘zida mujassamlashtirgan davlat ta’lim standartlari, ularga mos o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlari yaratildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi. 2002-yilda 35620 talaba bakalavr, 3000 tasi magistr unvonini oldi.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati olib borilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Milliy dasturda belgilangan muhim vazifalardan biridir. 1997-yilda tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 1997–2001-yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qish uchun jo‘natildi. Ular-dan 519 nafari o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalarda ishlamoqdalar. 2002-yil iyulda Toshkentda Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki talabalar qabul qilindi.
O‘zbekiston ta’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg‘armasi, Germaniyadagi Texnika hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning KOYKA agentligi, YUNESKO, Jahon banki, TASIS-TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari jalb etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari “Ustoz” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar.
O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi Prezidenti V.ShukshinovPrezidentimiz Islom Karimovga “KadrIar tayyorlash milliy dasturi”ning tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy a’zosi diplomini topshirar ekan, O‘z-bekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan ham O‘zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi “Ta’limning o‘zbek modeli” deb e’tirof etildi.
Mustaqil respublikamizda fan taraqqiyotiga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-iyuldagi “Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining mazkur farmonning ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan qarori ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika Fanlar akade-miyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etuvchi va tarqatuvchi innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. 1997-yilda Prezident farmoni bilan Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklandi.
O‘zbekiston hududida qadim zamonlardan beri fan va madaniyat rivojlanib kelayotgan davlatdir. Xususan, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, tarix, falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik, to‘qimachilik, kulolchilik, shishasozlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Hozir O‘zbekiston olimlari uzoq o‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol o‘rganib, o‘zlarining yangi kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani rivojiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Mamlakatda fanning yanada rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 1992-yil 8-iyuldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat tomonidan fanning rivojlanishi va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yuqoridagi Farmonni bajarish yuzasidan chiqargan Qarori ancha ta’sir qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004-yil 9-noyabrda 532-sonli “Xorazm Ma’mun Akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to‘g‘risida” va 2005-yil 1-noyabrdagi 240-sonli “Xorazm Ma’mun Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va 1000 yillik yubileyini nishonlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlar qabul qildi. Shunday qilib, Xorazm Ma’mun Akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi sifatida tiklandi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan hamkorlikda 2006-yil 20-sentabrdan – 12-oktabrgacha YUNESKOning shtab-kvartirasida (Parij sh.) ko‘rgazma tashkil qilishdi va Xorazm Ma’mun Akademiyasining 1000 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman o‘tkazishdi. O‘zbekistondagi xorij davlatlarning qator elchixonalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari ishtirokida Xorazm Ma’mun Akademiyasi faoliyatiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishdi, shunday konferensiyani yana Saudiya Arabistoni Ilmiy-tadqiqot markazi Koreyaning Kyongxi universiteti bilan birgalikda o‘tkazishdi.
Fanlar akademiyasi faoliyatini kuchaytirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishini boshqarish va muvofiqlashtirishni takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshida Fan va texnologiyalar rivojini muvofiqlashtirish komitetini tashkil qilinganligi alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bozor iqtisodiga o‘tish davrida ilmiy-tekshirish muassasalari olib borayotgan asosiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarga katta e’tibor qaratadi. Bugungi kunda yuqori bilimni talab qiluvchi mahsulotlar va ilmiy-tekshirish muassasalari xizmatlarini keng targ‘ib qilish, muhim amaliy ilmiy natijalardan foydalanishning yangi yo‘llari aniqlanib, hayotga tatbiq qilinmoqda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy bo‘limlari faoliyati takomillashtirilmoqda.
2012 yilga kelib ham O’zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o’qitish sifati va mazmunini yangi bosqichga ko’tarish, malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy mexanizmini yaratish, o’quv dasturlari va adabiyotlarini yangilashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirildi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etdi. Bu YUNESKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo’naltirilishi zarur bo’lgan investisiyalar miqdori bo’yicha tegishli tavsiyalaridan, ya’ni 6-7 foizdan qariyb 2 barobar ko’p bo’ldi.
Oliy o’quv yurtlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talabalarning yashash sharoiti hamda ijtimoiy-maishiy ob`ektlar faoliyatini yaxshilash, oliy o’quv yurtlari hududlarini obodonlashtirish, jumladan, poytaxtimizdagi “Yoshlik” talabalar shaharchasida joylashgan talabalar turar-joylarini tubdan ta’mirlash bo’yicha ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2011 yil 20 mayda “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizasiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror oliy ta’lim muassasalari faoliyatini jahon andozalari darajasida tashkil etish, ularni zamonaviy darslik, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, ilmiy laboratoriyalar bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Bundan tashqari, o’qituvchilarning amaliy jihatdan chet tillarini bilishi bo’yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
2015 yildagi ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistonda quyidagi yo’nalishlardagi ta’lim turlari mavjud edi:
- maxsus maktabgacha ta’lim;
- uyda yakka tartibdagi ta’lim;
- maktabgacha umumta’lim muassasalari qoshidagi integrasiya guruhlari;
-umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya punktlari va integrasiya sinflari;
- maxsus kasb-hunar kollejlaridagi integrasiya guruhlari.
Mazkur muassasalarda ko’zi ojiz, zaif ko’ruvchi, kar va zaif ko’ruvchi, aqli zaif, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, tayanch harakati a’zolari harakati buzilgan, nutqida murakkab nuqsoni bo’lgan bolalar ta’lim-tarbiya oldi. Mamlakatimizda alohida yordamga muhtoj bolalar va o’smirlar ta’limi, ularning nuqson turlari va uning darajalarini inobatga olgan holda, maxsus ta’limning 8 yo’nalishi (aqli zaif, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, nutqida, ko’rishida va eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar) bo’yicha korreksion ta’lim tashkil etildi.