Beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:
A) birinchilarga quyidagilar kiradi:
Nodavlat ta'lim tashkilotlarining faoliyatini lisenziyalash – lisenziyalar ta'lim inspektsiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta'lim turi uchun alohida beriladi;
Ta'lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o'tkazish – ta'lim inspektsiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta'lim tashkilotlari lisenziya olingan kundan e'tiboran 5 yil davomida akkreditasiyadan o'tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestasiya va akkreditasiyadan o'tkaziladi. Davlat akkreditasiyasidan o'tgan tashkilotlar maxsus reestrga kiritiladi, bu haqdagi ma'lumotlar ta'lim inspektsiyasining saytiga joylashtiriladi;
Xorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta'lim to'g'risidagi hujjat tan olish, shuningdek ta'lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo'yish. Tan olish va apostil qo'yish ham ta'lim inspektsiyasi vakolatiga kiradi;
B) ta'lim inspektsiyasi quyidagilarga haqli:
Nodavlat ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda;
Ta'lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta'limning mazmuni va sifati ta'lim to'g'risidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda – ularni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish. Taqdimnoma bajarilmagan taqdirda - ta'lim tashkilotining davlat akkreditasiyasi to'g'risidagi sertifikatini bekor qilish
6. Uzluksiz ta'lim tizimi va turlari. Maktabgacha ta'lim. Umumiy o'rta ta'lim.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli
Shaxs
Davlat va jamiyat
Uzluksiz ta'lim
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish printsiplari
Uzluksiz ta'limni isloh qilish yo'nalishlari
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi
Oliy ta'lim Oliy o'quv yurtidan keyingi ta’lim
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash maktabdan tashqari ta’lim