O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar Reja: O’zbekiston Respublikasida o’quv jarayonini tashkil qilinishi va undagi islohotlar


Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari



Yüklə 50,44 Kb.
səhifə11/13
tarix21.12.2023
ölçüsü50,44 Kb.
#187668
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar Reja O’-fayllar.org

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari. Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
ta’lim sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda davlat ta’lim muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, bundan respublika tasarrufidagi ta’lim muassasalari mustasno;
o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun moliyalashtirish hajmini belgilaydi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan hamkorlik qiladi;
davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni (mikrouchastkalarni) belgilaydi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashadi;
ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’limni, tarbiyani ta’minlash, ularning iste’dodini shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi;
o‘z vakolatlari doirasida ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantiradi va nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga ko‘maklashadi;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ta’lim tashkilotini boshqarish.Ta’lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi:
pedagogik kengash;
kuzatuv (vasiylik) kengashi;
oliy ta’lim tashkilotining kengashi;
ta’lim tashkilotining rahbari.
Ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar talabgorlari ishtirok etadi.
Ta’lim tashkilotlarining huquqiy maqomi.O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlarining filiallari yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi.Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklidagi ta’lim xizmatlari yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini ustav va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlari asosida yuritadi.Ta’lim tashkilotlari o‘quv-tarbiya va o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualariga birlashishga haqli.Ta’lim tashkilotlarida siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 50,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin