O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar Reja: O’zbekiston Respublikasida o’quv jarayonini tashkil qilinishi va undagi islohotlar


O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi



Yüklə 50,44 Kb.
səhifə2/13
tarix21.12.2023
ölçüsü50,44 Kb.
#187668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar Reja O’-fayllar.org

O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat:
  • davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari;


  • ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;


  • ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.


  • O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir.




O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi:
  • maktabgacha ta`lim;


  • umumiy o’rta ta`lim;


  • maktabdan tashqari ta`lim;


  • o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi;


  • oliy ta`lim;


  • oliy ta`limdan keyingi ta`lim;


  • malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash.





Ta`limni boshqarish organlari 
Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti va xalqaro mashhur xorijiy OTMlari (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  • ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;


  • davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish;


  • ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;


  • ta`lim muassasalarini yaratish, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini belgilash;


  • ta`lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasi tartiblarini belgilash;


  • boshqa davlatlar ta`lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasi hududida ta`lim ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;


  • qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta`lim haqidagi hujjatlarini tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli ekanligini o‘rnatish;


  • davlat ta`lim standartlarini belgilash;


  • davlat namunasidagi ta`lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash;


  • ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash;


  • davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash;


  • ta`lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta`lim muassasasidan boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash;


  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar.


O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyatini bevosita boshqarishni ikki vazirlik - Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV) - amalga oshiradi.


XTV - maktabgacha, maktabdan tashqari muassasalar va umumiy ta`lim maktablari faoliyati uchun mas`uldir. XTV boshqaruvida 5 ta oliy ta'lim muassasasi va 16 ta o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari mavjud. Vazirlik joylardagi tegishli ta`lim muassasalari faoliyatini metodologik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq ta`limi bo’limlariga ega.
OO’MTV - respublikada oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik o’z faoliyati bo'yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Vazirlik tizimiga O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi, Oliy va o’rta maxsus ta`lim, kasb-hunar ta`limini rivojlantirish markazi va idoraviy mansub oliy o’quv yurtlari kiradi.


Yüklə 50,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin