O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar Reja: O’zbekiston Respublikasida o’quv jarayonini tashkil qilinishi va undagi islohotlar


ƠzR XTV tizimi tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 50,44 Kb.
səhifə3/13
tarix21.12.2023
ölçüsü50,44 Kb.
#187668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar Reja O’-fayllar.org

ƠzR XTV tizimi tashkiliy tuzilmasi

ƠzR OƠMTV tizimi tashkiliy tuzilmasi

Davlatimiz fuqarolarining bilim olishlari O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bilan kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasi yoshlar tarbiyasida ta`lim muxim ahamiyat kasb etadi. Vatan ostonadan boshlanganidek, bolalarimiz ta`lim-tarbiyasi oiladan boshlanadi. Demak, kelajak avlodimiz har taraflama yetuk, sog’lom, bilimli, o’z vataniga sadoqatli bo’lib yetishishi uchun har birimiz mas`ulmiz. E`tiboringizga ta`lim tizimining asosiy boshqaruv organlari, XTV va OO’MTV to’g’risidagi Nizomlarni havola qilamiz. Ta`lim va tarbiya to’g’risidagi fikr-mulohazalaringizni forumning "Ta`lim" bo’limida bildirishingiz mumkin. Buning uchun albatta forum ro’yxatidan o’tishingiz shart.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi tarkibiga nimalar kiradi?
2. O’zbekiston Respublikasida ta`lim tizimini boshqarish organlari qaysilar?
3. O’zbekiston Respublikasi OO’MTV tizimi qanday ?
4. O’zbekiston Respublikasi XTV tizimi tashkiliy tuzilmasi qanday?
5.Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ko’rinishlari qaysilar?
1.2 O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni
Reja:
1.O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risidagi” qonuni qabul qilinishi asoslari.
2. “Ta’lim to’g’risidagi” qonun maqsadi va mazmuni.
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari.
Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishiga erishish, ularning o’z qobiliyati va iste’dodini ro’yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat”. Sh.M.Mirziyoyev

Tayanch so’z va iboralar: davlat akkreditatsiyasi, davlat ta’lim muassasasi, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, malaka ,mutaxassislik ,nodavlat ta’lim tashkiloti tarbiya ta’lim ta’lim kampusi 
Mamlakatimizda Ta’lim to’g’risidagi Qonun dastlab 1992 yilda qabul qilingan, 1997 yilda esa yangi tahrirdagisi qabul qilingan edi.2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim sohasida hozirgi davrdagi amalga oshirilgan islohotlar o‘z aksini topdi.Qonun loyihasini takomillashtirish davomida 238 ta norma va qoida qayta ko‘rib chiqildi, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish imkoniyatidan foydalangan holda 123 ta norma loyiha tarkibidan chiqarildi hamda 54 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi modda bilan almashtirildi. Shuningdek, ma’muriy byurokratik mexanizmga doir 7 ta modda butunlay chiqarib tashlandi.
Mazkur Qonunda ushbu yangi norma va qoidalar o‘z aksini topishi natijasida qonun 11 bob va 75 moddadan iborat tartibda ishlab chiqildi.Ma’lumki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 1997 yilda qabul qilingan bo‘lib, ta’lim sifatini ta’minlashga qo‘yilayotgan bugungi talablarga javob bermaydi.Mazkur yangi Qonunning qabul qilinishi esa ta’lim masalasining tarbiya bilan uzviy bog‘liqligi ta’minlanadi. Bu bilan ijtimoiy hayotimizning hozirgi bosqichida, xususan, har bir yoshni shaxs sifatida ma’rifatli kamolga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim va tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turini takomillashtirishga xizmat qiladi.Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’limning uzviyligini, mazmun jihatidan ketma-ketligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Qolaversa, boshlang‘ich, kasb-hunar ta’limi, kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shaklida umumta’lim va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida ta’lim amalga oshirilishi belgilanmoqda.Qonunda ta’lim muassasasi xodimlari, ta’lim oluvchilar va ota-onalarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ta’lim jarayoni qatnashchilarining ijtimoiy himoyasi, ta’lim jarayonida mehnat qilayotgan minglab mutaxassislarning, millionlab ota-onalarning huquqiy maqomiga, ularning ijtimoiy muhofazasiga doir jihatlarga, ayni vaqtda majburiyatlariga oydinlik kiritilmoqda. Shuningdek, qonun endilikda ta’limning nodavlat shaklini rivojlantirishga, jamiyatimizda intelektual mulk salohiyatidan samarali foydalanish, ilm-ma’rifatga doir ish joylari kengayishiga imkon beradi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentyabr kuni «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunni imzolandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati. Mazkur hujjat 19 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilinib, 7 avgustda Senat tomonidan ma’qullangan edi. Qonunga muvofiq, ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
  • maktabgacha ta’lim va tarbiya;


  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;


  • professional ta’lim;


  • oliy ta’lim;


  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;


  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;


  • maktabdan tashqari ta’lim.


Umumiy o‘rta ta’lim I-XI sinflarni o‘z ichiga oladi.


O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.

Yüklə 50,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin