O‘zbekiston respublikasining davlat bayrog‘i to‘G‘risida 1-modda



Yüklə 92,27 Kb.
səhifə3/8
tarix20.11.2023
ölçüsü92,27 Kb.
#162203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bayroq to\'g\'risidagi qonun

51-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilar:
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqam belgilariga;
(51-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida davlat organlarining ramziy belgilarida (bayroq, emblema — geraldik belgi, vimpel va boshqa ramzlar) va ularning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarida, O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining asosi yoki elementi sifatida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o‘quv-tarbiya jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.
(51-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi O‘RQ-853-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida rasmiy xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi vakili bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatni ta’minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolar va boshqa obyektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash bo‘lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin.
Harbiy yoki boshqa davlat xizmatida bo‘lgan shaxslarning kiyim-boshida va farqlovchi nishonlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.
Xalqaro sport musobaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari uchun sport kiyim-boshini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi O‘RQ-853-sonli Qonuniga asosan uchinchi — oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 92,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin