11-modda. Ushbu Qonun ijrosini ta’minlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idan va uning tasviri tushirilgan belgilardan butun (yirtilmagan, teshilmagan), toza (ifloslanmagan), rangi o‘chmagan holda va ma’qul tarzda foydalanish uchun mas’uliyat ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idan va uning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan davlat organlarining zimmasiga yuklatiladi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi O‘RQ-853-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son) Oldingi tahrirga qarang. 12-modda. Ushbu Qonunning O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat esa ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda) 13-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)