O'zbekiston Respublikasining ''Davlat tili haqida'' gi qonunlari haqida hamda ''Kadrlar tayorlash Milliy dasturi'' kabi hujjatlarda o'zbek tilini davlat tili sifatida o'qitish masalalari bo'yicha malumot topish



Yüklə 82,89 Kb.
səhifə7/10
tarix01.06.2023
ölçüsü82,89 Kb.
#121553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ (3)

Mikro va makro matn.
Matn – rasmiylashuvga ega bo'lgan yaxlitlikni shakllantiradigan turli xil belgilarning o'zaro bog'liq ketma-ketligi bo'lgan mazmunli nutqiy ish.
Matn tizimli ravishda taqdim etiladigan faoliyatni amalga oshiradi va faoliyat turi ob'ekt va ob'ektni, jarayonning o'zi, maqsad, vosita va natijani nazarda tutadi. Faoliyat tarkibining bu tarkibiy qismlari matn tarkibidagi tarkibiy, funktsional, kommunikativ turli ko'rsatkichlarda aks ettirilgan.
Matnning o'zida mikro va makro semangika, mikro va makrostruktura mavjud. Matnning semantikasi ma'lumotlarni uzatishning kommunikativ vazifasi bilan belgilanadi; matn strukturasi matn tarkibiy bo'linmalarining ichki tuzilishining o'ziga xos xususiyatlari va ushbu birliklarning matnlar ichidagi interfaol xarakteristikalari aniq bir xabar sifatida aniqlanadi.
Taniqli bo'lishi kerak:
- matnning tashqi (kompozitsion) tuzilishi,
- matnning ichki tuzilishi.
Tarkibiy darajada:
- takliflar,
- xatboshilar,
- xatboshilar,
- bo'limlar,
- boblar,
- kichik bo'limlar,
- sahifalar va boshqalar.
Barcha kompozitsion elementlar, jumla tashqari, faqatgina ichki tuzilish bilan bevosita bog'liqdir. Takliflar tinish belgilarining, anaphorik va kataporiyaga ishoralar chegaralarini belgilab qo'ydi.

Matn tuzilishi uning ichki tuzilishi sifatida tushuniladi. Ichki matn tuzilmasi bo'linmalari:


- so'zlashuv (amalga oshirilgan taklif);
- semantik va sintaktik jihatdan bitta bo'lakka birlashtirilgan bir qator bayonotlar (metfrazal birlik);
- fragment-bloklar (masofaviy va kontaktli semantik va tematik aloqalarni amalga oshirish hisobiga matnning yaxlitligini ta'minlaydigan frazeologik birliklar to'plami).
Semantik-grammatik (sintaktik) va kompozitsion darajadagi birlik o'zaro bog'liqdir. Uning semantik, grammatik va kompozitsion tuzilishi bilan uning uslubiy va uslubiy xususiyatlari bilan chambarchas bog'liqdir.
Har bir matn ma'lum bir yoki bir necha aniq funktsional tarzi yo'nalishini (ilmiy matn, badiiy va h.k.) ochib beradi va bu yo'nalish bilan belgilanadigan uslubiy xususiyatlarga, shuningdek, muallifning o'ziga xos xususiyatlariga ega.
Matnni qurish axborot, muloqot shartlari, muayyan xabarning vazifasi va taqdimotning tanlangan uslubi bilan belgilanadigan mavzu bilan belgilanadi.
Matnning asosiy xususiyatlari: 
1) to'liqligi, semantik to'liqligi, bu fikrning to'liq (muallif nuqtai nazaridan) oshkor etilishi va matnni avtonom tarzda qabul qilish va tushunish imkoniyati bilan namoyon bo'ladi; 
2) aloqasi, birinchi navbatda, fikrlarni rivojlanish mantig'ini aks etadigan ketma-ketlikdagi jumlani tartibga solishda (semantik muvofiq); ikkinchidan, tilning leksik va grammatik vositalari yordamida rasmiylashtirilgan muayyan tarkibiy tuzilmada; 
3) tarzi birligi bo'lib, bu matn matnni har doim uslubiy shaklda yaratilganidan iborat: interaktiv, rasmiy, biznes, ilmiy, jurnalistik yoki badiiy uslub. 
4) integrallik, to'liqlik va uslub birligi bilan o'zini namoyon qiladi.
Matn – nutq ko`rinishi bo`lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir.Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo`lib, u og`zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi.

XAT VA ULARNING TURLARI TAHLIL QILISH


ILТIMOS ХAТ.
Muassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Muassasalar o’rtasidagi bunday o’zaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi. Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng ko’p tarqalgan turlardan hisoblanadi. Iltimos xatlar ham boshqa xatlar kabi muassasalarning xos ish koғoziga yoziladi va albatta jo’natilish sanasi va jo’natma tartib raqami ko’rsatiladi. Iltimos xatlarning asosiy zaruriy qismlari:
1. Хat oluvchi tashkilot va mansabdor shaxsning nomi.
2. Matn.
3. Ilova (zarur bo’lgan hollarda).
4. Mas’ul shaxsning imzosi.
Iltimos xatlarning eng sodda ko’rinishi shaxsiy va jamoat arizalariga o’xshash bo’ladi.
Informatika kafedrasining mudiri o’rtok K. Raximovga
Birlashmamiz muhandis-mexanigi O. Salimovni hisoblash texnikasi bo’yicha malaka oshirish maqsadida 2 oy muddatga (1990. 15. 01. Dan 1990. 15. 03. Gacha) tajriba o’tashga qabul qilishingizni so’raymiz.
Тoshkent elektr-ro’zғor
Buyumlari ishlab chiqarish
Birlashmasining bosh
Direktori o’rinbosari
(imzo) U. Shokirov
O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi

  1. S. Pushkin nomli Тil va adabiyot

Instituti direktori o’rtok B. Nazarovga
Ҳurmatli Baxtiyor Aminovich!
O’zbekiston Kompartiya™ Тoshkent shahar Ҳamza rayon komiteti 1989 yilning sentabr va oktabr oylari uchun tuzilgan tadbirlar rejasiga ko’ra «Ҳozirgi sharoitda partiyaning milliy
Siyosati» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya va rayon partiya komiteti plenumini o’tkazmokchi.
Shu munosabat bilan rayon partiya komiteti maslahatlar berish va tavsiyalar, ishlab chiqish uchun millatlararo munosabatlar masalalari bilan shuғullanuvchi malakali mutaxassis yuborishingizni iltimos qiladi.
Ҳamza rayon, partiya
Komitetining kotibi
(imzo) L. Salimov
Agar xat matni 3-shaxs tilidan bayon qilinsa, iltimos birmuncha rasmiy tusga ega bo’ladi. Ҳamza nomidagi O’zbek davlat akademik drama teatri direktor» o’rtok S. Devonovga «Malika» trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi ma’muriyati va kasaba uyushmasi tashkiloti teatringizda 16 yanvar soat 19 da namoyish etiladigan «Kelinlar qo’zғoloni» spektakliga kollektivimiz xodimlari uchun 45 (qirq beshta) bilet ajratishingizni so’raydi. Bilet qiymati naqd to’lanadi.
Birlashma kasaba
Uyushmasi tashkiloti raisi
(imzo) B. Shoumarov
Axborot yoki hujjatlar yuborishni so’rab yozilgan so’rov xatlarga javob ko’pincha ilova xat xarakterida bo’lib, ularning matni quyidagicha tuzilishi mumkin: Sizning 1990. 12. 01. Dagi 146-rakamli xatingizga javoban 23 betdan iborat korxonani qayta jihozlash loyihasini jo’natayapmiz.
1990. 25. 12. Dagi A—2—12 raqamli so’rov xatingizga binoan ta’mirlash uchun tuzilgan smetani (7 bet, 2 nusxada) yo’llaymiz. Mazkur hujjatning imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan bir nusxasini bizning adresimizga yuborishngizni so’raymiz.
SHAXSIY HUJJAT TURLARI
Shaxsiy tarkib hujjatlari deganda muassasa, tashkilot va korxonalarda ishlagan (yoki iishlayotgan) xodimlarning ishga qabul qilinishi, xizmat boyicha kotarish, boshqa lavozimga otkazish, ishdan boshatish bilan bogliq hujjatlar tushuniladi. Shaxsiy tarkib haqidagi hujjatlar buyruq, shaxsiy varaqa, shaxsiy yigmajild, tarjimayi hol, tavsifnoma, attestasiya komissiyasi bayonnomasi, mehnat daftarchasi, anketa va boshqa shakldagi hujjatlardan iboratdir. Shaxsiy tarkibga taalluqli hujjatlar muassasaning ozida kopi bilan 50 yil, ekspert-tekshiruv komissiyasining qarori bilan esa 75 yilgacha saqlanadi. Shudan song malumotlilik mohiyatini yoqotgan, biroq ilmiy tarixiy qimmatga ega bolgan shaxsiy tarkibga oid hujjatlar davlat saqloviga topshiriladi. Amaliy ahamiyatini yoqotgan hujjatlar esa yana malum muddatga muassaning ozida qoldirilishi mumkin.
Shaxsiy tarkib boyicha materiallar davlat saqloviga odatda davlat arxivlari uchun manba bolgan tashkilotlardan tanlab olinadi.
Shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni davlat saqloviga ajratib olish umuman mazkur muassasa (fondni tashkil etuvchi)ning boshqa materiallari bilan ozaro uygunlikda olib boriladi.
Davlat saqloviga shaxsiy tarkibga oid asosiy hujjatlar tanlab olinadi. Asosiy hujjatlar deb mazmuni fuqarolarning davlat muassasalari, jamoat va kooperativ tashkilotlari bilan ozaro huquqiy, mehnat, xizmat aloqalarini tola ochib beradigan hujjatlarga aytiladi.
Hujjatli metariallarning qimmatini aniqlab ajratish maqsadida har bir saqlov bolimi (yigmajild) varaqma-varaq diqqat bilan korib chiqiladi. Ularning ilmiy va amaliy qimmatdorligini quyidagi mezonlar bilan olchanadi:
Hujjatli materiallar mazmuni.
Hujjatli materiallar yuritilgan shaxs faoliyatining mavqyei va ahamiyati.
Fondni tashkil etuvchi muassasalarning maqomi, materiallar tuzilgan davr va joy.
Biroq shaxsiy tarkibga doir hujjatlarni davlat saqloviga ajratib olish chogida xodimlar har bir hujjatni baholashda individual yondashishlari, ularning ozaro aloqasi va bir-biri bilan bogliqliligining barcha mezonlarini hisobga olishlari zarur.
Ijodning u yoki bu turida, jamoat, siyosiy ishlarda, xalq hojaligining biron sohasi, madaniy va harbiy ishlarda ozini korsatgan shaxslar hayoti va faoliyatini organishda shaxsiy tarkibga taalluqli hujjatlar asosiy biografik manba hisoblanadi. Shuning uchun bunday hujjatlarni ajratib olish ekspertlarning muhim vazifalaridan biri sanaladi. Voqyealarning tolaqonli yoritilishi uchun ozini salbiy jihatdan korsatgan shaxslar (xoinlar, sotqinlar, provakatorlar, jinoyatchilar va h.) haqidagi hujjatlarni ham saqlab qolish kerak.
Hujjatlarni davlat saqloviga ajratib olayotganda hujjatlar qachon va qayerda tuzilganligiga ahamiyat berish kerak. Oktyabr tontarishi va istiqlolchilar kurashi yillariga oid bolgan hujjatli materiallar diqqat bilan organilishi lozim.
Aynan bir shaxsning oziga fondda bir necha hujjatli material shaxsiy yigmajild, shaxsiy hisob varaqasi va attestasiya komissiyasining bayonnomasi, formulyar, mehnat va xizmat royxatlari bolishi ehtimoldan holi emas. Bundan tashqari sanab otilgan hujjatlarning har biri bir nechtadan bolishi ham mumkin. Bunday hollarda doimiy saqlovga mavjud hujjatlarning hammasi emas, balki eng oxirgisini ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Faqat bunda shu hujjat avvalgi hujjatlarning hamma asosiy malumotlarini qamrab olganmi, shaxsning xizmatni otashi, malumoti, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqalar haqidagi barcha malumotlar kiritilgan yoki yoqligi tekshirib korilishi kerak.
Ayni bir davrga doir ham attestasiya varagi, ham attestasiya komissiyasi yigilishining bayonnomasi mavjud bolgan hollarda birinchi hujjat attestasiya varagini qoldirgan maqul, chunki u oz ichiga attestasiya haqidagi malumotlarni nisbatan tolaroq qamrab olgan boladi.
Biroq alohida bir shaxsning xizmat otashini aks ettiradigan bir necha xil hujjat (formulyar, xizmat otash varagi, shaxsiy hisob varagi va h.) mavjud yerda bu hujjatlarning hamma turi ham saqlangani maqul, chunki ularning har biri osha shaxs haqida qoshimcha malumotlar beradi.
Dastlabki yillar shaxsiy tarkib boyicha buyruq va farmoyishlar umumiy ish yuritish bilan birgalikda tuzilgani uchun ham hujjatlarning bu turida muassasa tarixi, uning tuzilmasi, vazifalari, faoliyati, shuningdek alohida shaxslarning tarjimayi holini tadqiq qilish uchun malumotlar jamlangan. Bunday hollarda davlat saqlovi uchun shaxsiy tarkibga oid buyruq va farmoyishlarning hammasi ajratib olinishi maqsadga muvofiqdir.
Shaxsiy tarkib boyicha buyruq va farmoyishlar u yoki bu shaxsning ishga tayinlanishi, ishdan ishga kochirilishi, ishdan boshatilishi hamda lavozimi xaqidagi, uning ishdan ishga otkazilishi va boshatilishi sabablari xaqidagi axborotlarni beradi. Bunday axborotlar shaxs anketalarida, shaxsiy tarkib hisobi varaqalaridagi tarjimayi hollarda va boshqa hujjatlarda ham mavjuddirki, shaxsiy yigmajildlar asosan shunday hujjatlardan tarkib topadi. Ayni paytda shaxsiy yigmajildlarda buyruq va farmoyishlar (ulardan olingan nusxa va kochirmalar) bolmasligi ham mumin. Shuning uchun ham agar shaxsiy yigmajilddar saqlanmagan bolsa, shaxsiy tarkib boyicha buyruq va farmoyishlar davlat saqloviga olinishi kerak.

Yüklə 82,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin