O'zbekiston Respublikasining ''Davlat tili haqida'' gi qonunlari haqida hamda ''Kadrlar tayorlash Milliy dasturi'' kabi hujjatlarda o'zbek tilini davlat tili sifatida o'qitish masalalari bo'yicha malumot topish


SHAXSIY HUJJAT MATNLARINING LEKSIK XUSUSIYATLARI



Yüklə 82,89 Kb.
səhifə3/10
tarix01.06.2023
ölçüsü82,89 Kb.
#121553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ (3)

SHAXSIY HUJJAT MATNLARINING LEKSIK XUSUSIYATLARI
Xat insonlar o‘rtasidagi muloqot shakllaridan biri bo‘lib, uning yuzaga kelishi yozuv va masofa bilan bog‘liqdir. Ya’ni, u faqat yozuv yordamidagina shakllanadi va ma’lum masofada bo‘lgan kishiga jo‘natiladi. Unda xat muallifining fikr-mulohazalari va his-tuyg‘ulari ifoda etiladi. Xatni jo‘natish esa ma’lum vositalar yordamida amalga oshiriladi.

«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da ushbu so‘zning 9 ta ma’nosi berilgan:


1. Uzoqdagi kishiga biror xabar berish yoki fikrlashish maqsadida, odatda pochta orqali yuboriladigan, biror matn yozilgan qog‘oz, noma, maktub;
2. Xatda yozilgan maktub, xat matni;
3. Yozuv uchun ishlatiladigan grafik belgilar, harflar sistemasi, grafika;
4. Harflarni yozishdagi o‘ziga xos uslub, ko‘rinish, yozuv xili;
5. O‘qish va yozish, savod, savodlilik;
6. Yozuvdagi har bir qator, satr yoki misra;
7. Chiziq, liniya;
8. Biror kimsa yoki narsani yozma ravishda sanab ko‘rsatish, ro‘yxatga olish, ro‘yxat;
9. Rasmiy qog‘oz, hujjat. Bu o‘rinda so‘zning birinchi ma’nosi e’tiborga olinadi.
Yozuv bilan bog‘liq ravishda o‘z tarixiga ega bo‘lgan va omma orasida keng tarqalgan xat bitish xalqimizning muomala madaniyati doirasida insonlarning bir-birlariga fikr ifoda etishning alohida usuli sanalgan va san’at darajasiga ko‘tarilgan hamda, ayni paytda, badiiy ijodning bir turi sifatida qaralgan. Shuning uchun ham u badiiyat ilmida alohida bir janr sifatida o‘rganilgan. Bunday tadqiqotlar to‘g‘risida adabiyotshunos S.G‘aniyeva quyidagi ma’lumotlarni beradi: «Abul Hasan al-Marg‘iloniyning «Mahosinul-kalom», Muhammad bin Umar ar-Rodiyoniy (XI asr) ning «Tarjimonul balog‘a», Rashididdin Vatvot (XII asr) ning «Hadoyiqus-sehr fi daqoyiq ush she’r», Shamsiddin Qays Roziyning «Al-mu’jam fi maosir ush ash’or ul Ajam», Tojud Xalaviy nomi bilan mashhur bo‘lgan Ali ibn Muhammad (XIV asr) ning «Daqoyiqush – she’r» kabi badiiyat masalalaridan bahs etuvchi asarlaridagi alohida boblar, Amir Xusrav Dehlaviy (XIV asr) ning «Mahzanul – insho», «Sahifai Shohiy» nomli asarlari maxsus insho nazariyasiga bag‘ishlangan edi».
Munshaot, ya’ni nasr yoki nazmda maktublar bitish Sharq poeziyasida san’at darajasiga ko‘tarilgani uchun ham, u alohida she’riy janr sifatida e’tirof etilgan. Turkiy she’riyatda uning shakllanishiga juda katta hissa qo‘shgan Alisher Navoiy birinchi bo‘lib o‘z maktublarini 1402 yilda kitob shakliga keltirgan va uni «Munshaot» deb nomlagan. Turkiy tilda davlat ishlari va hujjatlarini yuritish va xatlar bitishning qat’iy tarafdori bo‘lgan ulug‘ alloma ushbu asarida ularning fors-tojik tilida yozilganidan qolishmaydigan namunalarini keltiradi.
R.Qo‘ng‘urov va T.Jo‘rayevlarning «Epistolyar janrning tuzilishi va uning ayrim til xususiyatlari» (Samarqand, 1992) asari, T.Jo‘rayevning «Hozirgi o‘zbek adabiy tilida epistolyar janrning til va uslubiy xususiyatlari» nomli nomzodlik dissertasiyasi (Samarqand, 1994) ham xatlarning tuzilishi, janri, tili va uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda insoniy muomalaning xat usulidan foydalanish imkoniyatlari ham jiddiy ravishda kengaydi. Avvaliga ular ikki kishi o‘rtasidagi yozishmalardangina iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda xat bitish rasmiy uslub doirasida qaraladigan nutqiy jarayonning alohida bir ko‘rinishiga – yozma turiga aylandi. Hozirgi kunda xatlar idoralar va muassasalar, tashkilotlar va korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro faol aloqa vositasi, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishning qulay usuli sifatida xizmat qilmoqda. Shu ma’noda ularni ikki guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin bo‘ladi:
1. Shaxsiy-xususiy xatlar;
2. Rasmiy xatlar.
Bundan tashqari T.Jo‘rayev yuqorida nomi tilga olingan dissertasion ishida xatlarning uchinchi va to‘rtinchi turlari – ommabop va xususiy-rasmiy turlari mavjudligi haqida ham ma’lumot beradi.
Universitet talabalarining imkoniyati va zaruriyatidan kelib chiqib, xatlarning yuqoridagi ikki turi haqida ma’lumot berish ham yetarli bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
MALUMOTNOMA VA UNING TURLARI
Ma’lumki, hujjatlar xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar tiliga qo‘yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar oldiga qo‘yiladigan ko‘pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o‘ziga xos lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o‘rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Tasniflashda garchi mutlaqo bir xil guruhlashtirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay, bir qadar yagonalashgan guruhlashtirish bor. Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar, eng avvalo, yaratilish o‘rniga ko‘ra tasnif qilinadi, bu jihatdan ichki va tash qi hujjatlar farqlanadi.
Ichki hujjatlar ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir.
Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1)sodda hujjatlar — muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi; 2)murakkab hujjatlar — ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga ola di.
Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy (individual), namunali (tipovoy) va qolipli (trafaretli) hujjatlar farqlanadi. Matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andazada bo‘lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo‘lsa-da, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi. Namunali hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘xshash va ko‘p takror lanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o‘zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida kompyuterda yoki qo‘lda yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlarini kengaytirish — ish yuritishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo‘llardan biridir. Chunki bunday qilish hujjat matnlarini bir xillikka olib kelish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt hamda mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli hujjatlar sirasiga, masalan, ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat safarlari guvohnomalari va boshqa ko‘plab Hujjatlarni kiritish mumkin.

Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k.).


Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim. Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); ko‘chirma. Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat muallifi, ya’ni tayyorlovchining qo‘l yozma yoki dastlabki kompyuterda yozilgan nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Aytish joizki, qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxasidir. Asl nusxaning aynan qayta ko‘chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi, odatda nusxaning o‘ng tomonidagi yuqoridagi burchagiga «Nusxa» degan belgi qo‘yiladi.

Hujjatchilikda, shuningdek, aynan (faksimil) va erkin nusxalar ham farqlanadi. Aynan nusxa asl nusxaning barcha xususiyatlarini — hujjat zaruriy qismlarining joylashishi, mavjud shakliy belgilar (gerb, yumaloq muhr, to‘rtburchak muhr, nishon kabi), matndagi bosma, yozma harf shakllari va shu kabilarni aniq va to‘liq aks ettiradi, masalan, fotonusxani shu tur hujjatlar qatoriga kiritish mumkin. Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot to‘laligicha ifodalansa-da, bu nusxa tashqi xususiyatlar jihatidan bevosita muvofiq kelmaydi, ya’ni erkin nusxada asl nusxadagi muhr o‘rniga «muhr» deb, imzo o‘rniga «imzo» deb, gerb o‘rniga «gerb» deb yozib qo‘yiladi va h. K. Ba’zan muayyan hujjatga to‘laliligicha emas, balki uning bir qismiga ehtiyoj tug‘ iladi. Bunday hollarda hujjatdan nusxa emas, balki ko‘chirma olinadi (masalan, majlis bayonidan ko‘chirma, buyruqdan ko‘chirma va h. K.). Nusxa va ko‘chirmalar, albatta, notarius, kadrlar bo‘limi va shu kabilar tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan taqdirdagina huquqiy kuchga ega bo‘ladi. Asl nusxa yo‘qol gan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil.



Yüklə 82,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin