O'zbekiston Respublikasining ''Davlat tili haqida'' gi qonunlari haqida hamda ''Kadrlar tayorlash Milliy dasturi'' kabi hujjatlarda o'zbek tilini davlat tili sifatida o'qitish masalalari bo'yicha malumot topish


Ta'lim to'g'risidagi qonun haqida malumot



Yüklə 82,89 Kb.
səhifə8/10
tarix01.06.2023
ölçüsü82,89 Kb.
#121553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ (3)

Ta'lim to'g'risidagi qonun haqida malumot
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati
Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
Maktabgacha ta’lim va tarbiya;
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
Professional ta’lim;
Oliy ta’lim;
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Maktabdan tashqari ta’lim.
Umumiy o‘rta ta’lim I–XI sinflarni o‘z ichiga oladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Ta’lim olish shakllari:
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
Dual ta’lim;
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
Inklyuziv ta’lim;
Eksternat tartibidagi ta’lim;
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.

XIZMAT DOIRASIDAGI KOMMUNIKATSIYA SHAKLLARI



Odamlar hayotining ma'lum bir qismi uning mehnat faoliyati bilan bogliq bolib, ular bu faoliyat jarayonida xizmatchilik yuzasidan koplab kishilar bilan rasmiy-norasmiy muloqotda boladilar. Binobarin, bu jarayonda muomala madaniyatining ahamiyati goyatda katta boladi. Muomala madaniyatining yaxshi egallanishi kishilarning bir-birlarini hurmat qilishi va e'zozlashlariga, asablarini asrash va vaqtlarini tejashlariga olib keladi.
Muomala madaniyati inson faoliyatidagi eng murakkab jarayon bolib, av-valgi mavzularni yoritishda ta'kidlab otilganidek, u kishilarning ijtimoiy va siyo-siy, ma'naviy va ma'rifiy, iqtisodiy va huquqiy dunyoqarashi yigindisi hisoblanadi hamda inson tafakkuri va ruhiyatida yillar davomida shakllanadi. Uning shakllanishi qancha vaqt va bilim, qunt va intilish talab qilmasin, uni egallash umuminsoniy ma'naviyatning ajralmas qismi sifatida kundalik ehtiyojga aylanishi odamlar ortasida odat tusiga kirgan oddiy jarayon bolib qolishi lozim.
Muomala madaniyatining barchaga xos bolgan umumiy qoidalari mavjud. Ularga rioya qilish nafaqat har bir kishining, balki u mansub bolgan millatning, xalqning umumiy madaniyati darajasidan dalolat beradi. Suhbatdoshga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bolish, uning yoshi, jinsi, jamiyatda egallab turgan mavqei va obrosini e'tiborga olish ana shu madaniyatning ibtidosi hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun esa sozlovchi ozini ham hurmat qilishi va qadr-qimmatini bilishi lozim. Chunki ozini hurmat qilishni bilmagan kishining boshqalarni hurmat qilishiga ishonish qiyin.
Muomala jarayonida samimiyat, ochiq yuzlilik, shirinsozlilik bilan bir qa-torda, ehtiyotkorlik ham zarur. Oylamasdan yoki shoshilib aytilgan bir soz suh-batdoshning ruhiyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun, hatto jahl chiqib turgan paytda ham muloyim bolishga harakat qilish, mansabdor shaxs, rahbar va boshliqning oldiga biron masalani hal qilish maqsadida borganda uning kayfiyatiga qarab ish tutish masalaning ijobiy hal bolishiga komaklashadi.
Insoniy muomalaning tarkibiy qismi bolgan nutqiy muloqotning turlari kop bolib, ular turli vaziyatlarda, har xil mavqe va yoshdagi odamlar ortasida amalga oshiriladi. Bu haqda oldingi mavzularda mulohaza yuritilgan. Quyida gap ana shu jarayonning zarur bir turi telefon orqali gaplashish madaniyati haqida boradi.
Darhaqiqat, telefon orqali muloqotda bolish muomala jarayonining eng faol turi hisoblanadi. Bugungi kunda kommunikatsiyaning bu turi imkoniyatlari goyatda kengaydi. U Ozbekiston sharoitida shaharni deyarli egallab, qishloqqa ham asta-sekinlik bilan kirib bormoqda. Uyali telefon aloqalarining vujudga kelishi esa xizmatning bu yolining qamrovi goyatda keng ekanligini korsatdi. Aloqaning bu turi tufayli hozirda dunyoning istalgan mamlakati yoki shahri bilan muloqotda bolish imkoniyati yaratildi. Aytilganlar esa telefon orqali muloqotda bolish madaniyatiga yanada e'tibor berish lozimligini keltirib chiqaradi. Tushunarliki, telefon orqali muloqot ikki kishi – qongiroq qiluvchi va uni qabul qiluvchi ortasida boladi hamda muloqotda bolish madaniyati ularning har ikkalasidan ham talab etiladi. Lekin asosiy mas'uliyat qongiroq qiluvchining zimmasida boladi. Chunki jarayonning tashabbuskori ham, qongiroqdan manfaatdor kishi ham uning ozi hisoblanadi. Buning ustiga qongirogi bilan boshqa kishining vaqtini olayotgan, bemavridi bezovta qilayotgan, asosiy shugullanayotgan vazifasidan chalgitayotgan bolishi mumkin.
Shuning uchun ham, qongiroq qiluvchining chaqirigiga javob bolgach, odatda goshakni kotargan kishiga salom beriladi. Shundan song, qayerga tush-ganligi aniqlab olinadi va bezovta qilganlik uchun uzr soraladi: Assalomu alay-kum, men Azamat Pardayevman yoki Assalomu alaykum, men Samarqand davlat
Universitetidan Azamat Pardayev bolaman. Bezovta qilayotganim uchun uzr. Ozini tanishtirgach, nima maqsadda qongiroq qilayotgani bayon etiladi va asosiy muddaoga otiladi.
Ba'zan telefon orqali bolayotgan shunday suhbatlarga ham sherik bolishga
Togri kelib qoladiki, qongiroq qilayotgan kishi salom-alikni ham unutib, birda-niga tahdid ohangida: Allo, kim bu?!- deydi. U tomonda goshakni olgan kishi madaniyatli va sabr-toqatli kishi bolib, qongiroq qilingan joy va ozining kimligini aytib qoya qolsa yaxshi, unda suhbat silliqqina davom etishi, suhbatdan kozlangan natijaga erishilishi mumkin boladi. Aksiga olib, u tomondan ham: Kim kerak sizga?!- deyilsa-chi? Hali boshlanib ulgurilmagan suhbatga sovuqlik tushib qolishi, natijada kozlangan maqsadga erishilmasligi ham hech gap emas. Oddiygina bir e'tiborsizlik va ehtiyotsizlik tufayli ozi kormagan suhbatdoshini mensimagan noxush vaziyat yuzaga kelishi mumkin.
Kishi faqat oz uyiga qongiroq qilgandagina: “Kim bu?- deb sorashi mumkin. Chunki tomonlarning bir-birlarini ovozidan tanishi yuqoridagi vaziyatni keltirib chiqarmaydi. Qongiroqqa javob berishning ham oz qoidalari mavjud.

Yüklə 82,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin