261-modda. Neustoyka shakllari Neustoyka jarima yoki penya shaklida bo‘ladi.
Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda to‘laydigan
va, qoida tariqasida, qat’iy pul summasida hisoblanadigan neustoyka jarima hisoblanadi.
Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida to‘laydigan va o‘tkazib
yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz
bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 162 , 260 , 262, 263 , 325-326 , 330 , 436 , 454-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 25 — 34-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2007-yildagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son qarorining 3-bandi . 262-modda. Neustoyka to‘g‘risidagi kelishuvning shakli Neustoyka to‘g‘risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilishi kerak.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 162 , 260, 261 , 263-moddalari . 263-modda. Qonuniy neustoyka Neustoyka to‘lash taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan yoki tutilmaganligidan qat’i
nazar, kreditor qonunda belgilangan neustoyka (qonuniy neustoyka)ni to‘lashni talab qilishga
haqli.
1
Qonuniy neustoykaning miqdori, agar qonun taqiqlamasa, taraflarning kelishuvi bilan
ko‘paytirilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 162 , 259 — 262-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi Qonunini xo‘jalik sudlari amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 103- son qarori 11-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari , 13-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2007-yildagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 163- son qarorining 4-bandining uchinchi xatboshisi .