Taraflarning kelishuviga muvofiq majburiyat uni bajarish o‘rniga voz kechish haqini berish
(pul to‘lash, mol-mulk berish va shu kabilar) bilan bekor qilinishi mumkin. Voz kechish haqining
miqdori, muddatlari va uni berish tartibini taraflar belgilaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
236 — 258
,
340 — 341
,
343 — 352-moddalari
.
343-modda. Hisobga o‘tkazish bilan majburiyatning bekor bo‘lishi
Muddati to‘lgan yoki muddati ko‘rsatilmagan yoxud talab qilish payti bilan belgilangan
muqobil o‘xshash talab hisobga o‘tkazilishi bilan majburiyat to‘liq yoki qisman bekor bo‘ladi.
Hisobga o‘tkazish uchun bir tarafning arizasi kifoya qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
14
,
236 — 258
,
340 — 342
,
344 — 352
,
783-moddalari
.
344-modda. Hisobga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligi
Quyidagi talablarni hisobga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi:
da’vo muddati o‘tgan talablarni;
fuqaroning sog‘ligiga shikast yetishi yoki uning vafoti munosabati bilan yetkazilgan zararni
to‘lash haqidagi talabini;
alimentlar undirish haqidagi talabni;
umrbod asrash sharti bilan uy-joyni boshqa shaxsga topshirish talabini;
qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollardagi talabni.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
149 — 163
,
530 — 534
,
1005 — 1016-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi
Oila kodeksining
V bo‘limi
.
Dostları ilə paylaş: