63-modda. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlarida belgilangan
miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat hisoblanadi. Bunday
jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari
qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan
karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar. Ishtirokchilardan
biri nochor
(bankrot) bo‘lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi,
agar jamiyatning
ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa,
boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek
“qo‘shimcha mas’uliyatli” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Ushbu Kodeksning mas’uliyati cheklangan jamiyat haqidagi qoidalari,
agar ushbu
moddada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatga
nisbatan qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
39, 40
,
58, 59
,
62-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi
49-moddasi
uchinchi qismi
, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar
to‘g‘risida”gi
Qonun
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: