Sukut saqlash qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollarda bitim
tuzishga bo‘lgan xohish-irodaning ifodasi hisoblanadi.
(105-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
101, 102-moddalari
, 370-moddasining
uchinchi qismi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
106-modda. Bitimning og‘zaki shakli
Qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qo‘yilmagan, jumladan u
tuzilayotgan vaqtning o‘zidayoq bajariladigan bitim og‘zaki tuzilishi mumkin.
Shaxsning xatti-
harakatidan uning bitim tuzishga bo‘lgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim
tuzilgan hisoblanadi.
Jeton, patta yoki odatda qabul qilingan boshqa belgi berish yo‘li bilan tasdiqlangan bitim,
agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, og‘zaki
shaklda tuzilgan bitim
hisoblanadi.
Yozma shaklda tuzilgan shartnomani
bajarishga qaratilgan bitimlar,
agar qonunchilik va
shartnomaga zid bo‘lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og‘zaki tuzilishi mumkin.
(106-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
101, 102
,
107, 108-moddalari
, 289-moddasining
ikkinchi qismi
, 504-
moddasining
birinchi qismi
, 539-moddasining
birinchi qismi
, 710-moddasining
ikkinchi qismi
,733-
moddasining
birinchi qismi
, 877-moddasining
ikkinchi, uchinchi qismlari
, 984-moddasining
birinchi
qismi
,O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 8-
moddasining
to‘rtinchi qismi
.
Dostları ilə paylaş: