O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Bir taraflama bitimlarni huquqiy tartibga solish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

103-modda. Bir taraflama bitimlarni huquqiy tartibga solish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bir taraflama bitim uni tuzgan shaxs uchun burchlar keltirib chiqaradi. U boshqa shaxslar
uchun qonun hujjatlarida yoki bu shaxslar bilan kelishuvda belgilangan hollardagina burchlar
keltirib chiqarishi mumkin.
(103-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bir taraflama bitimlarga nisbatan, basharti qonunchilikka, bitimning tabiati va mohiyatiga
zid bo‘lmasa, majburiyatlar va shartnomalar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning III
bo‘limi) tegishincha qo‘llaniladi.
(103-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101, 102

104 — 128

1120, 1121-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-
yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga
keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 17-sonli qarorining 2-bandi 
“a” kichik bandi
.
104-modda. Shartli bitimlar
Agar taraflar huquq va burchlarning kelib chiqishini yuz berishi yoki bermasligi noma’lum
bo‘lgan holatga bog‘liq qilib qo‘ysalar, bitim kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar huquq va burchlarning bekor bo‘lishini yuz berishi yoki bermasligi noma’lum
holatga bog‘liq qilib qo‘ysalar, bunday bitim bekor bo‘lish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi.
Agar shartning yuz berishiga uning yuz berishidan manfaatdor bo‘lmagan taraf insofsizlik
bilan qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, bu shart yuz bergan deb hisoblanadi.
Agar shartning yuz berishiga ushbu shartning yuz berishidan manfaatdor bo‘lgan taraf
insofsizlik bilan yordamlashgan bo‘lsa, bu shart sodir bo‘lmagan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101 — 103

105 — 128

1121-moddalari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin