(55-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil
1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi e’londa uning kreditorlari talablarini bildirish tartibi
va muddatlari ko‘rsatiladi. Bu muddat tugatish to‘g‘risidagi e’lon chiqqan paytdan e’tiboran ikki
oydan kam bo‘lmasligi kerak.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-
son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini olish choralarini ko‘radi, shuningdek
kreditorlarni yuridik shaxs tugatilishi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Kreditorlar tomonidan talablarni qo‘yish uchun belgilangan muddat tamom bo‘lganidan
keyin tugatuvchi oraliq
tugatish balansini tuzadi, bu balans tugatilayotgan yuridik shaxs mol-
mulkining tarkibi, kreditorlar qo‘ygan talablar ro‘yxati, shuningdek ularni qarab chiqish natijalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
(55-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-
dekabrdagi O‘RQ-127-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oraliq tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs
muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tomonidan tasdiqlanadi.
Yuridik shaxsni tugatish
to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, oraliq tugatish balansi yuridik
shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(55-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ-28-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 14-son, 110-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar tugatilayotgan yuridik shaxs (muassasalardan tashqari) ixtiyoridagi pul mablag‘lari
kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, tugatuvchi
yuridik shaxsning mol-
mulkini kimoshdi savdosi orqali sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotadi.
Tugatilayotgan yuridik shaxs kreditorlariga pul summalarini to‘lash tugatuvchi tomonidan
ushbu Kodeksning
56-moddasida
belgilab qo‘yilgan navbat tartibida, oraliq tugatish balansiga
muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
(55-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi
O‘RQ-127-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi,
uni yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari
(ishtirokchilari) yoki organ tasdiqlaydi. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan
qabul qilingan taqdirda, tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ
bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(55-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Tugatilayotgan davlat korxonasining mol-mulki, tugatilayotgan muassasaning esa — pul
mablag‘lari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, kreditorlar o‘z
talablarining qolgan qismini ushbu korxona yoki muassasa
mulkdori hisobidan qondirish
to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yuridik shaxsning kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki uning shu
mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga
ega bo‘lgan muassislariga (ishtirokchilariga), agar qonunchilikda o‘zgacha tartib nazarda
tutilmagan bo‘lsa, topshiriladi.
(55-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish, shuningdek ularni
muassislari yo‘qligida tugatish taomili va xususiyatlari qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(55-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga
kiritib qo‘yilganidan so‘ng yuridik shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik shaxsning faoliyati esa
tugagan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
55 — 56-moddalari
, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning
99 — 101-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli “Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini
soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni
, Vazirlar Mahkamasining 15.01.2015-yildagi 5-son
qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning
14 —
32
,
37 — 41-bandlari
, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini
ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga
oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni
tasdiqlash haqida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning 22.05.2008-yildagi Qarori bilan
tasdiqlangan “Kredit uyushmalarini tugatish tartibi to‘g‘risida”gi
Nizom
, O‘zbekiston Respublikasining
07.11.2019-yildagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni 48-moddasining
beshinchi —
oltinchi qismlari
.
Dostları ilə paylaş: