Murakkab
ashyo xususida tuzilgan bitim, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab
qo‘yilgan bo‘lmasa, uning barcha tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
86-moddasi
.
92-modda. Hosil va daromadlarga bo‘lgan huquq
Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib
belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, ashyo egasiga tegishlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
86
,
536-moddalari
.
93-modda. Hayvonlar
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, mol-mulk to‘g‘risidagi
umumiy
qoidalar hayvonlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
(93-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Huquqlarni amalga oshirish chog‘ida hayvonlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
86-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksining
111-moddasi
.
Dostları ilə paylaş: