O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Bitimning oddiy yozma shakli



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

108-modda. Bitimning oddiy yozma shakli
Notarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari, quyidagi bitimlar oddiy yozma
shaklda tuziladi:
1) yuridik shaxslarning o‘zaro va fuqarolar bilan bitimlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
16

39-moddalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) fuqarolar o‘rtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq
summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa — bitim summasidan qat’i nazar,
boshqa bitimlar.
(108-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu Kodeksning 
106-moddasiga 
muvofiq og‘zaki tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar
uchun oddiy yozma shaklga rioya etish talab qilinmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101

105-moddalari
, 271-moddasining
 ikkinchi qismi
, 292-moddasining
uchinchi qismi

480-moddasi
, 504-moddasining 
uchinchi qismi
, 539-moddasining
birinchi qismi
, 574-
moddasining
 birinchi qismi

603-moddasi
.
109-modda. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari
Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi,
biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini
guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi.
Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar
bilan tasdiqlashga haqlidirlar.
Qonunda yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda bitimning
oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101

105

108

114

115-moddalari
, 271-moddasining 
beshinchi qismi

292-
moddasi
, 504-moddasining 
uchinchi, to‘rtinchi qismlari
, 574-moddasining 
birinchi, ikkinchi qismlari
, 733-
moddasining 
birinchi
,
 ikkinchi qismlari

745-moddasi
, 761-moddasining 
uchinchi qismi

774-moddasi
, 854-
moddasining 
birinchi

uchinchi qismlari
, 927-moddasining 
birinchi, ikkinchi qismlari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 24.09.1999-
yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar
to‘g‘risida”gi 16-son qarorining 
21-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining Plenumining
04.03.2002-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining
shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qo‘llashning ayrim
masalalari haqida”gi 103-son qarorining 
3-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining
28.11.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi fuqarolik
qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 269-son qarorining 
10-bandi
.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin