O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

107-modda. Bitimning yozma shakli
Yozma shaklda tuzilgan bitimni, agar ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib
chiqmasa, taraflar yoki ularning vakillari imzolashi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qonunchilikka yoki ishtirokchilardan birining talablariga zid bo‘lmasa, bitim tuzish
chog‘ida imzodan faksimile usulida nusxa ko‘chirish vositalaridan foydalanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(107-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ikki taraflama bitimlar har birini berayotgan taraf imzolaydigan hujjatlarni o‘zaro
ayirboshlash yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogrammalar, fakslar yoki subyektlarni
va ular xohish-irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni o‘zaro ayirboshlash, agar
qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yozma
shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi.
(107-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101, 102-moddalari
, 366-moddasining 
to‘rtinchi, beshinchi qismlari
,
O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to‘g‘risida”gi Qonunning 
11-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda va taraflarning kelishuvida bitim shakli mos kelishi shart bo‘lgan
qo‘shimcha talablar (muayyan shakldagi blankada tuzilishi, muhr bosib (muhr mavjud bo‘lgan
taqdirda) tasdiqlanishi va boshqalar) belgilab qo‘yilishi va bu talablarga rioya etmaslik oqibatlari
nazarda tutilishi mumkin.
(107-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi


Qarang: mazkur Kodeksning 
101 — 105-moddalari
, Vazirlar Mahkamasining 07.03.2006-yildagi 38-
sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish
tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning
 8-bandi
.
Agar fuqaro jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki savodsizligi tufayli bitimni shaxsan o‘zi
imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan bitimni boshqa fuqaro imzolashi mumkin. Boshqa
fuqaroning imzosi notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega
bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan guvohlantirilib, bitim tuzuvchi uni shaxsan o‘zi
imzolay olmasligining sabablari ko‘rsatilishi shart.
Yozma shaklda tuzilgan bitimni bajargan taraf ikkinchi tarafdan ijroni tasdiqlovchi hujjat
talab qilishga haqli. Og‘zaki tadbirkorlik bitimini bajargan taraf ham ana shunday huquqqa ega,
tuzilgan vaqtning o‘zidayoq bajariladigan bitimlar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101 - 105-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Notariat
to‘g‘risida”gi Qonuni 23-moddasi birinchi qismining 
9-bandi
, 28-moddasi birinchi qismining 
10-bandi
, 34-
moddasining 
ikkinchi qismi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin