21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
110-modda. Bitimlarni notarial tasdiqlash Bitimni notarial tasdiqlash ushbu Kodeksning
107-moddasi
talablariga mos keladigan
hujjatda notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa
mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlovchi ustxat yozib qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda bitimlarni notarial tasdiqlash shart:
1) qonunda ko‘rsatilgan hollarda;
2) taraflardan birining talabi bo‘yicha.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 101 , 105 , 108-moddalari , 271-moddasining uchinchi qismi , 386- moddasining to‘rtinchi qismi , 488-moddasining ikkinchi qismi , 490-moddasining birinchi qismi , 497- moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari , 504-moddasining beshinchi, oltinchi qismlari , 513-moddasi , 531- moddasining uchinchi qismi , 565-moddasining ikkinchi qismi , 574-moddaning uchinchi qismi , 580- moddasining birinchi qismi , 603-moddaning ikkinchi qismi , 626 -moddasining ikkinchi qismi , 1124- moddasining ikkinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 14-moddasining ikkinchi , to‘rtinchi , oltinchi qismlari , O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 7-bobi , O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasi ikkinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasining birinchi qismi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 24.09.1999- yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 16-son qarorining 3-bandi .