103-modda. Bir taraflama bitimlarni huquqiy tartibga solish Oldingi tahrirga qarang. Bir taraflama bitim uni tuzgan shaxs uchun burchlar keltirib chiqaradi. U boshqa shaxslar
uchun qonun hujjatlarida yoki bu shaxslar bilan kelishuvda belgilangan hollardagina burchlar
keltirib chiqarishi mumkin.
(103-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Bir taraflama bitimlarga nisbatan, basharti qonunchilikka, bitimning tabiati va mohiyatiga
zid bo‘lmasa, majburiyatlar va shartnomalar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning III
bo‘limi) tegishincha qo‘llaniladi.
(103-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 101, 102 , 104 — 128 , 1120, 1121-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006- yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 17-sonli qarorining 2-bandi “a” kichik bandi . 104-modda. Shartli bitimlar Agar taraflar huquq va burchlarning kelib chiqishini yuz berishi yoki bermasligi noma’lum
bo‘lgan holatga bog‘liq qilib qo‘ysalar, bitim kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar huquq va burchlarning bekor bo‘lishini yuz berishi yoki bermasligi noma’lum
holatga bog‘liq qilib qo‘ysalar, bunday bitim bekor bo‘lish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi.
Agar shartning yuz berishiga uning yuz berishidan manfaatdor bo‘lmagan taraf insofsizlik
bilan qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, bu shart yuz bergan deb hisoblanadi.
Agar shartning yuz berishiga ushbu shartning yuz berishidan manfaatdor bo‘lgan taraf
insofsizlik bilan yordamlashgan bo‘lsa, bu shart sodir bo‘lmagan hisoblanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 101 — 103 , 105 — 128 , 1121-moddalari .