Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.12.1992-
yildagi “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya
qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi 5-sonli
qarori
.
Basharti, fuqaroning sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi
ma’lumotlar ommaviy-axborot vositalarida tarqatilgan bo‘lsa, ayni shu ommaviy-axborot
vositalarida raddiya berilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni
34-
moddasi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.12.1992-
yildagi “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya
qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining
1-3
,
14-bandlari
.
Basharti, bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa,
bunday hujjat
almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak.
Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.12.1992-
yildagi “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya
qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining
6
,
14-bandlari
.
Fuqaro ommaviy axborot vositalarida uning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini kamsituvchi ma’lumotlar e’lon qilinganda u ayni o‘sha ommaviy axborot vositalari
orqali chiqib, o‘zini himoya qilish huquqiga ega.
Oldingi
tahrirga qarang.
Basharti, sudning hal qiluv qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonunchilikda
belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarimani to‘lash
qoidabuzarni sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish vazifasidan ozod
etmaydi.
(100-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar
tarqatilgan fuqaro bunday ma’lumotlar rad etilishi bilan bir qatorda
ularni tarqatish oqibatida
yetkazilgan zararlar va ma’naviy ziyonning o‘rnini qoplashni talab qilishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
81
,
1021, 1022-moddalari
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.12.1992-
yildagi “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya
qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining
13-bandi
.
Ushbu moddadagi fuqaroning ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi qoidasi
yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya etishga nisbatan ham tegishli yo‘sinda tatbiq
etiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining 02.05.2012-yildagi “Tadbirkorlik
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining
35-moddasi
.
Dostları ilə paylaş: