O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganida



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

284-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganida
garovning saqlanishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Garovga qo‘yilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xo‘jalik asosida yuritish huquqi
garovga qo‘yuvchidan ushbu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish
natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda garov
huquqi o‘z kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qo‘yilgan
mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi yoki xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan
holda boshqa shaxsga o‘tishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno.
(284-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda o‘zgacha tartib belgilangan bo‘lmasa, garovga
qo‘yuvchining huquqiy vorisi garovga qo‘yuvchining o‘rniga o‘tadi va uning hamma bupchlarini
bajaradi.
Agar garovga qo‘yuvchining garov narsasi bo‘lgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir
necha shaxsga o‘tgan bo‘lsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov
bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmaslikning garovdan kelib chiqadigan oqibatiga mazkur
mol-mulkning o‘ziga o‘tgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi
bo‘linmasa yoki boshqa asoslarga ko‘ra huquqiy vorislarning umumiy mulki bo‘lib qolsa, ular
solidar garovga qo‘yuvchilarga aylanadilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
264, 265

267

269

274 — 279

380 — 383-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunining 
16-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi
Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini
ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son
qarorining 
26-bandi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin