21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
281-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Kodeksning
280-moddasiga
muvofiq undiruv qaratilgan, garovga qo‘yilgan mol-
mulkni majburiy ravishda realizatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-
auksion shaklidagi ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshiriladi.
(281-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Garovga qo‘yuvchining iltimosiga ko‘ra, sud undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka
qaratish to‘g‘risidagi qarorda uni ochiq kimoshdi savdosida sotishni bir yil muddatgacha
kechiktirishga haqli. Kechiktirish ushbu mol-mulkning garovi bilan ta’minlangan majburiyat
bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi hamda kreditorning kechiktirish
vaqti mobaynida ko‘paygan zararlarining o‘rnini qoplashdan va neustoykani undirishdan
qarzdorni ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang. Garovga qo‘yilgan, suddan tashqari tartibda undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi
savdosida sotish, bevosita sotish, kreditga, lizingga, ijaraga berish, bo‘lib-bo‘lib sotish yo‘li bilan
yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi mumkin.
(281-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilinganda (undiruv garovga qo‘yilgan
mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilgan taqdirda) garovga oluvchi garovga qo‘yuvchi
bilan kelishuvga ko‘ra, garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotib olishga va xarid narxini garov bilan
ta’minlangan o‘z talablari hisobiga o‘tkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan oldi-sotdi
shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilinganda garovga oluvchi garov
narsasini realizatsiya qilinmagan garov narsasini takroriy kimoshdi savdosidagi boshlang‘ich
sotish narxidan ko‘pi bilan o‘n foiz kamroq summada baholab, o‘zida olib qolishga haqli.
Agar garovga oluvchi garov narsasini o‘zida olib qolish huquqidan takroriy kimoshdi
savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida foydalanmasa,
garov to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinadi.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chog‘ida tushgan summa garovga
oluvchining talabini qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, u, qonunda yoki shartnomada boshqacha
ko‘rsatma mavjud bo‘lmagan taqdirda, yetishmayotgan summani garovga asoslangan
imtiyozdan foydalanmagan holda, qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chog‘ida tushgan summa garovga
oluvchilarning garov bilan ta’minlangan talablari miqdoridan oshib ketsa, farq garovga
qo‘yuvchiga qaytariladi.
Qarzdor yoki uchinchi shaxs bo‘lgan garovga qo‘yuvchi garov narsasi realizatsiya
qilinguniga qadar istalgan vaqtda garov bilan ta’minlangan majburiyatni yoki uning muddati
o‘tkazib yuborilgan qismini bajarib, undiruvni garov narsasiga qaratishni va uni realizatsiya
qilishni tugatishga haqli. Bu huquqni cheklaydigan kelishuv o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir.
(281-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 264, 265 , 267 , 269 , 274 — 279 , 380-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasi , “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun 54-moddasining to‘rtinchi qismi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son Qarorining 25-bandi .