O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

283-modda. Garovning bekor bo‘lishi
Garov quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:
1) garov bilan ta’minlangan majburiyat bekor bo‘lganida;
2) ushbu Kodeks 274-moddasining 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan asoslar bo‘lganida
garovga qo‘yuvchining talabi bilan;
3) garovga qo‘yilgan ashyo nobud bo‘lganida yoki garovga qo‘yilgan huquq bekor
bo‘lganida, basharti garovga qo‘yuvchi ushbu Kodeks 276-moddasining 
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan huquqdan foydalangan bo‘lmasa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
4) garovga qo‘yilgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, shuningdek uni realizatsiya
qilish mumkin bo‘lmagan taqdirda (ushbu Kodeksning 281-moddasi). Ipoteka to‘g‘risidagi
shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan reyestrda ipoteka tugatilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan
bo‘lishi kerak;


(283-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-
572-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
5) agar garovga oluvchi ushbu Kodeks 282-moddasi ikkinchi qismining 
4-bandida
 nazarda
tutilgan huquqdan foydalanmagan bo‘lsa, bundan garovga qo‘yilgan mol-mulk realizatsiya
qilinmaganligi va talablari garov bilan ta’minlanmagan kreditorlarning o‘z talablarini
qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno.
(283-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-260-sonli
Qonuniga
 muvofiq 5-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 38-son, 328-modda)
Garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilishi natijasida yoki garovga qo‘yuvchining
talabi bilan garov bekor bo‘lganida (ushbu Kodeks 274-moddasining 
uchinchi qismi
) ixtiyopida
garovga qo‘yilgan mol-mulk bo‘lgan garovga oluvchi uni darhol garovga qo‘yuvchiga qaytarib
berishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
264, 265

267

269

274 — 279

380 — 382-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunining 
32-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi
Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini
ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son
qarorining 
27-bandi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin