O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Garov narsasini almashtirish va tiklash



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

276-modda. Garov narsasini almashtirish va tiklash
Garov narsasini almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib
nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga oluvchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Agar garov narsasi nobud bo‘lgan yoki shikastlangan yoxud unga bo‘lgan mulk huquqi yo
xo‘jalik yuritish huquqi qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa, garovga
qo‘yuvchi oqilona muddatda (nizo chiqqan taqdirda esa — sud belgilagan muddatda) garov
narsasini tiklashga yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, uni teng qiymatli
boshqa mol-mulk bilan almashtirishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
264, 265

267

269

274, 275

279-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunining 
13-moddasi
.
277-modda. Garov narsasidan foydalanish va uni tasarruf etish
Agar shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki garovning mohiyatidan
anglashilmasa, garovga qo‘yuvchi garov narsasidan uning vazifasiga ko‘ra foydalanishga, shu
jumladan undan hosil va daromadlar olishga haqli.
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa va
garovning mohiyatidan anglashilmasa, garovga qo‘yuvchi faqat garovga oluvchining roziligi
bilan garov narsasini boshqa shaxsga berishga, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun
boshqa shaxsga topshirishga yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli.
Garovga qo‘yuvchining garovga qo‘yilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish huquqini
cheklaydigan kelishuv o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir.
Garovga oluvchi o‘ziga topshirilgan garov narsasidan shartnomada nazarda tutilgan
hollardagina foydalanishga haqli bo‘lib, garovga qo‘yuvchiga undan foydalanish to‘g‘risida
muntazam hisobot bepib turadi. Shartnomaga muvofiq garovga oluvchi zimmasiga asosiy
majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qo‘yuvchining manfaatlarini ko‘zlab, garov
narsasidan hosil va daromadlar olish burchi yuklab qo‘yilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
264, 265

267

269

274 — 276

279-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunining 
19 — 21-moddalari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin