3-§. Ushlab qolish 290-modda. Ushlab qolish asoslari Qarzdorga yoki qarzdor ko‘rsatgan shaxsga topshirilishi lozim bo‘lgan ashyoni saqlayotgan
kreditor ushbu ashyo haqini yoki u bilan bog‘liq chiqimlar va boshqa zararni kreditorga to‘lash
majburiyatlari qarzdor tomonidan muddatida bajarilmagan taqdirda uni tegishli majburiyat
bajarilgunga qadar ushlab qolishga haqli.
Garchi ashyoning haqini to‘lash yoki uning chiqimlarini va boshqa zararni to‘lash bilan
bog‘liq bo‘lmasa-da, biroq taraflari tadbirkorlar sifatida ish ko‘rayotgan majburiyatdan kelib
chiqqan talablar ham ashyoni ushlab qolish bilan ta’minlanishi mumkin.
Ashyo kreditor egaligiga o‘tganidan keyin unga bo‘lgan huquqlar uchinchi shaxs
tomonidan olinganligiga qaramasdan, kpeditor o‘z qo‘lidagi bu ashyoni ushlab qolishi mumkin.
Agar shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu moddaning qoidalari
qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 259 , 291 , 639-moddalari 291-modda. Talablarni ushlab qolingan ashyo hisobidan qondirish Ashyoni ushlab qolgan kreditorning talablari uning qiymatidan garov bilan ta’minlangan
talablarni qondirish uchun nazarda tutilgan hajmda va tartibda qondiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 259 , 290 , 639-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 59-moddasi . 4-§. Kafillik 292-modda. Kafillik shartnomasi Kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman
bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi.
Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni ta’minlash uchun ham
tuzilishi mumkin.
Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Yozma shaklga rioya qilmaslik kafillik
shartnomasining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 259 , 293 — 298-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 28, 29-bandlari .