ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son
qarorining
30-bandi
.
294-modda. Kafilga nisbatan da’vo qo‘zg‘atilgan taqdirda uning huquq va burchlari
Kafil kreditorning talabiga qarshi qarzdor bildirishi mumkin bo‘lgan hamma e’tirozlarni
qo‘yishga haqli. Hatto qarzdor o‘z e’tirozlaridan voz kechgan yoki o‘z majburiyatini tan olgan
taqdirda ham kafil ushbu e’tirozlarga bo‘lgan huquqini yo‘qotmaydi.
Agar kafilga nisbatan da’vo qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, u qarzdorni ishda ishtirok etish uchun jalb
qilishi shart. Aks holda qarzdor kreditorga qarshi o‘zining barcha e’tirozlarini kafilning qarshi
talabiga qarama-qarshi qo‘yish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
259
,
292 ,293
,
295 — 298-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi
Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini
ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son
qarorining
31-bandi
, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 78-son qarori bilan tasdiqlangan
“Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning
24-bandi
.
Dostları ilə paylaş: