O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-BOB MAJBURIYATDAGI ShAXSLARNING O‘ZGARIShI



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

23-BOB
MAJBURIYATDAGI ShAXSLARNING O‘ZGARIShI
313-modda. Kreditor huquqlarining boshqa shaxsga o‘tish asoslari va tartibi
Majburiyat asosida kreditorga tegishli bo‘lgan huquq (talab) uning tomonidan bitim
bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tkazilishi (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) yoki qonun
asosida boshqa shaxsga o‘tishi mumkin.
Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o‘tishi uchun, agar qonun yoki shartnomada
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorning roziligi talab qilinmaydi.
Agar qarzdor kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o‘tganligi haqida yozma ravishda
xabardor qilingan bo‘lmasa, yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan o‘zi uchun noqulay oqibatlar
xavfini o‘z zimmasiga oladi. Mazkur holda majburiyatning dastlabki kreditorga nisbatan
bajarilishi tegishli kreditorga nisbatan bajarish deb hisoblanadi.
Kreditor huquqlarining boshqa shaxsga o‘tishi haqidagi qoidalar regress talablarga
nisbatan qo‘llanilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 254-moddasining 
ikkinchi qismi
,
295, 296

318, 319

341

571

957-
moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining 
2

7-bandlari
, 8-bandining
birinchi

to‘rtinchi, beshinchi xatboshilari
.
314-modda. Boshqa shaxslarga o‘tishi mumkin bo‘lmagan huquqlar
Kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog‘langan huquqlarning, xususan alimentlar
to‘g‘risidagi va hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararni to‘lash to‘g‘risidagi talablarning
boshqa shaxsga o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
99

1005 — 1016-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining
V bo‘limi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin