320-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shakli Oddiy yozma yoki notarial shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talabdan boshqa shaxs
foydasiga voz kechish o‘sha shaklda amalga oshirilishi kerak.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinadigan bitim bo‘yicha talabdan boshqa shaxs
foydasiga voz kechish ushbu bitimni ro‘yxatga olish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda ro‘yxatga
olinishi kerak.
Orderli qimmatli qog‘oz bo‘yicha talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu
qimmatli qog‘ozga indossament (talab qilish huquqini o‘tkazish yozuvi) yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 96 , 108 , 110, 111 , 318, 319 , 321 — 323 , 810-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining 9-bandi . 321-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditorning javobgarligi Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan dastlabki kreditor yangi kreditor oldida
unga o‘tkazilgan talabning haqiqiy emasligi uchun javob beradi, biroq qarzdor bu talabni
bajarmaganligi uchun javob bermaydi, dastlabki kreditor yangi kreditor oldida qarzdor uchun
o‘z zimmasiga kafolatni olgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 113 , 292 , 318 — 320 , 322, 323-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining 5-bandi .