O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

322-modda. Qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish
Qarzdorning o‘z qarzini boshqa shaxsga o‘tkazishiga faqat kreditorning roziligi bilan yo‘l
qo‘yiladi.
Yangi qarzdor kreditor bilan dastlabki qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarga asoslangan
barcha e’tirozlarni kreditor talabiga qarshi qo‘yishga haqli.
Agar kafil yoki garovga qo‘yuvchi yangi qarzdor uchun javob berishga rozi bo‘lmasalar,
qarz boshqa shaxsga o‘tkazilishi bilan kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan belgilangan garov
bekor bo‘ladi.
Qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish shakliga ushbu Kodeks 320-moddasining 
birinchi
va
ikkinchi
qismlaridagi qoidalar tegishincha qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
113

287

292

298

318 — 321
,
 323-moddalari
.
323-modda. Qarzni va ijroni bir paytda boshqa shaxsga o‘tkazish
Qarzdorni qarzni to‘lash majburiyatidan ozod qilmagan holda qarzni yoki uning qismini
boshqa shaxsga o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bu holda har ikkala qarzdor majburiyatning
bajarilishi uchun solidar javobgar bo‘ladi.
Qarzdorning uchinchi shaxs bilan shartnomasi asosida uchinchi shaxs majburiyatning
bajarilishi bo‘yicha kreditor oldida emas, balki faqat qarzdor oldida burchli bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
113

251 — 254

318 — 322-moddalari
.
24-BOB
MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
324-modda. Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati
Qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga
yetkazilgan zararni to‘lashi shart.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, zararni
aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo‘lgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy
qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan bo‘lmasa, — da’vo
qo‘zg‘atilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlar e’tiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni to‘lash
haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlarni e’tiborga olgan holda
qanoatlantirishi mumkin.
(324-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Boy berilgan foydani aniqlashda kreditor tomonidan uni olish uchun ko‘rilgan choralar va
shu maqsadda ko‘rilgan tayyorgarliklar hisobga olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14
,
 236 — 258

325 — 339-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining 11-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin