317-modda. Qarzdorning yangi kreditor talabiga qarshi e’tirozlari Qarzdor majburiyat bo‘yicha huquqlar yangi kreditorga o‘tganligi haqida ogohlantirish
olgan paytida dastlabki kreditorga qarshi e’tirozlarini yangi kreditorning talabiga qarshi
qo‘yishga haqli.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 99 , 314 — 316 , 318 — 323-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining 8-bandining uchinchi xatboshi . 318-modda. Kreditor huquqlarining qonun asosida boshqa shaxsga o‘tishi Kreditorning majburiyat bo‘yicha huquqlari boshqa shaxsga quyidagi hollarda o‘tadi:
1) kreditor huquqlaridagi universal huquqiy vorislik natijasida;
2) kreditor huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi sudning qaroriga muvofiq;
3) qarzdorning majburiyati ushbu majburiyat bo‘yicha qarzdor bo‘lmagan kafil yoki
garovga qo‘yuvchi tomonidan bajarilishi oqibatida;
4) sug‘urta holati boshlanishi uchun javobgar bo‘lgan qarzdorga nisbatan kreditor
huquqlarining sug‘urta qiluvchiga subrogatsiyasi (o‘tishi) natijasida;
5) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 50 , 295 , 314 — 316 , 957 , 1113-moddalari . 319-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartlari Oldingi tahrirga qarang. Kreditorning o‘z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishiga, basharti u
qonunchilikka yoki shartnomaga zid bo‘lmasa, yo‘l qo‘yiladi.
(319-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Kreditorning shaxsi qarzdor uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan majburiyat bo‘yicha
talabdan qarzdorning roziligisiz boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 99 , 314 — 318 , 320 — 323-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining 1 , 10, 11-bandlari .