308-modda. Kafil majburiyatlarining chegaralari Kafolatda nazarda tutilgan kafilning benefitsiar oldidagi majburiyati kafolat berilgan
summani to‘lash bilan cheklanadi.
Kafolat bo‘yicha majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun
kafilning benefitsiar oldidagi javobgarligi, agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo‘lmasa, kafolat berilgan summa bilan cheklanmaydi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 234, 235 , 237 , 241 , 259 , 299 — 307 , 309, 310-moddalari . 309-modda. Kafolatning bekor bo‘lishi Kafilning kafolat bo‘yicha benefitsiar oldidagi majburiyati quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:
1) kafolat berilgan summa benefitsiarga to‘lanishi;
2) kafolatda belgilangan muddatning tamom bo‘lishi;
3) benefitsiar kafolat bo‘yicha o‘z huquqlaridan voz kechishi va uni kafilga qaytarib berishi
oqibatida;
4) benefitsiar kafilni uning majburiyatlaridan ozod qilishi haqida yozma ariza berish yo‘li
bilan kafolat bo‘yicha o‘z huquqlaridan voz kechishi oqibatida.
Kafil majburiyatining ushbu modda birinchi qismining
1
,
2
va
4
-bandlarida ko‘rsatilgan
asoslar bo‘yicha bekor qilinishi unga kafolat qaytarib berilgan yoki qaytarib berilmaganligiga
bog‘liq bo‘lmaydi.
Kafolat bekor bo‘lganligidan xabar topgan kafil darhol bu haqda prinsipalni xabardor
qilishi kerak.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 234, 235 , 237 , 241 , 259 , 299 — 308 , 310-moddalari . 310-modda. Kafilning prinsipalga regress talablari Kafilning prinsipaldan kafolat bo‘yicha benefitsiarga to‘langan summalarni regress
tartibida to‘lashni talab qilish huquqi kafilning prinsipal bilan bajarish yuzasidan kafolat berilgan
kelishuvida belgilab qo‘yiladi.
Agar kafilning prinsipal bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafil
benefitsiarga kafolat shartlariga nomuvofiq tarzda yoki kafilning benefitsiar oldidagi
majburiyatni buzganligi uchun to‘langan summalarni qoplashni prinsipaldan talab qilishga
haqli emas.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 234, 235 , 237 , 241 , 259 , 299 — 309-moddalari .