302-modda. Kafolatning chaqirib olinmasligi Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, u kafil tomonidan chaqirib
olinishi mumkin emas.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 259 , 299 — 301 , 303 — 310-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 40-bandi . 303-modda. Kafolat bo‘yicha huquqlarning boshqa shaxsga o‘tkazilmasligi Kafolat bo‘yicha benefitsiarga tegishli bo‘lgan kafilga talab qo‘yish huquqi, agar kafolatda
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 259 , 299 — 302 , 304 — 310-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining 10- bandining beshinchi xatboshisi . 304-modda. Kafolatning kuchga kirishi Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan e’tiboran
kuchga kiradi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 259 , 299 — 303 , 305 — 310-moddalari .