Agar kreditor qarzdor tomonidan taklif qilingan lozim darajadagi ijroni qabul qilishdan
bosh tortgan bo‘lsa yoki o‘zi amalga oshirishi kerak bo‘lgan va amalga oshirilgunicha qarzdor o‘z
majburiyatini bajara olmagan harakatlarni qilgan bo‘lmasa, kreditor muddatni kechiktirib
yuborgan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
14
,
236 — 258
,
324 — 336
,
338 — 339
,
349-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
338-modda. Kreditorning ijroni kechiktirib yuborish oqibatlari
Kreditorning shartnoma bo‘yicha o‘ziga tegishli narsani qabul qilishni kechiktirib yuborishi
qarzdorga kechiktirib yuborish tufayli yetkazilgan zararni undirib olish huquqini beradi va
keyinchalik majburiyatni ijro etish mumkin bo‘lmay qolsa, uni javobgarlikdan ozod qiladi,
qarzdorning qasddan ish tutishi yoki qo‘pol ehtiyotsizlik qilish hollari bundan mustasno.
Pul majburiyati bo‘yicha kreditor ijroni kechiktirib yuborgan vaqt uchun qarzdor foiz
to‘lashga majbur emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
14
,
236 — 258
,
324 — 337
,
339
,
349-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2007-yildagi
“Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik to‘g‘risidagi
fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son qarori
17-bandi
.
Dostları ilə paylaş: