O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik hajmini cheklash



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

332-modda. Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik hajmini cheklash
Majburiyatlarning ayrim turlari bo‘yicha hamda muayyan faoliyat turi bilan bog‘liq
majburiyatlar bo‘yicha qonunda zararni to‘la qoplashga bo‘lgan huquq cheklab qo‘yilishi
mumkin (cheklangan javobgarlik).
Qo‘shilish shartnomasi yoki kreditor iste’molchi sifatida ish olib boruvchi fuqaro bo‘lgan
boshqa shartnoma bo‘yicha qarzdorning javobgarlik hajmini cheklash to‘g‘risidagi kelishuv
haqiqiy emas, basharti majburiyatlarning ushbu turi yoki ushbu tartibbuzarlik uchun javobgarlik
hajmi qonun bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lsa va agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim
darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni keltirib chiqaradigan vaziyatlar yuz berguncha
kelishuvga erishilgan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14
,
 236 — 258

324 — 331

333 — 339

362-moddalari
.
333-modda. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi uchun, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan
bo‘lsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan
hamma choralarni ko‘rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi.
(333-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aybning yo‘qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi.
Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada
bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni
favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli
imkon bo‘lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi. Qarzdorning shartlashuvchi sheriklari


tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda
yo‘qligi, qarzdorda zarur pul mablag‘larining bo‘lmaganligi bunday vaziyatlar jumlasiga kirmaydi.
Majburiyatni qasddan buzganlik uchun javobgarlikni bartaraf qilish yoki cheklash
to‘g‘risidagi avvaldan kelishilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas.
 LexUZ sharhi
Sud amaliyotiga karang
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14

116

236 — 258

324 — 332

334 — 339-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
04.03.2002-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining
shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qo‘llashning ayrim
masalalari haqida”gi 103-son qarori 11-bandining 
birinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik
sudi Plenumining 15.06.2007-yildagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik
uchun mulkiy javobgarlik to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi
163-son qarori 12-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin