21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
354-modda. Shartnoma tuzish erkinligi Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar.
Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu
Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno.
Oldingi tahrirga qarang. Taraflar qonunchilikda nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin.
(354-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Taraflar turli shartnomalarning elementlarini o‘z ichiga oladigan shartnoma (aralash
shartnoma) tuzishlari mumkin. Aralash shartnoma bo‘yicha taraflarning munosabatlariga, agar
taraflarning kelishuvidan yoki aralash shartnomaning mohiyatidan boshqacha tartib
anglashilmasa, elementlari aralash shartnomada bo‘lgan shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalar
qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang. Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni
qonunchilikda ko‘rsatib qo‘yilgan hollar bundan mustasno.
(354-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo‘yilmaganligi tufayli
qo‘llaniladigan norma (dispozitiv norma)da nazarda tutilgan hollarda taraflar o‘zaro kelishib,
uning qo‘llanishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan boshqacha shartni
belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv bo‘lmaganda shartnomaning sharti dispozitiv norma
bilan belgilanadi.
Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa,
tegishli shartlar taraflar o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ish
muomalasi odatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 353 , 358-moddasi , 361-moddasining birinchi qismi , 377-moddasi , 379- moddasining birinchi qismi , 459-moddasi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi .